139–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Yomonlardan meni qutqar, ey Egam,
Zoʻravonlardan himoya qil meni.
3 Ular yuraklarida qabihlikni qasd qiladi,
Doimo urush–janjallarni qoʻzgʻaydi.
4 Ular tillarini ilonday oʻtkir qiladi,
Tillaridan ilon zahri tomadi.

5 Ey Egam, meni qabihlarning qoʻlidan qutqar,
Yiqitmoqchi boʻlgan zoʻravonlardan meni himoya qil.
6 Takabburlar men uchun tuzoq qoʻyganlar,
Ular toʻrlarining iplarini yoyganlar,
Yoʻlim boʻylab menga qopqon qoʻyganlar.

7 Ey Egam, Senga aytaman: “Sen Mening Xudoyimsan.”
Quloq sol, ey Egam, Senga iltijo qilaman.
8 Ey Egam Rabbiy, qudratli najotkorim!
Jang kunida boshimni omon saqlading.
9 Ey Egam, fosiqning istagini bajo qilmagin,
Ularning qabih rejalariga omad bermagin,
Ular magʻrurlanib ketmasin.

10 Atrofimni oʻrab olganlarning tahdidlari,
Oʻzlarining boshiga kelsin.
11 Yonayotgan koʻmir choʻgʻi oʻzlariga yogʻilsin,
Ular olovga, iflos chuqurlarga uloqtirilsin–u,
Aslo qaytib chiqmasin.
12 Tuhmatchilarga yurtda aslo joy boʻlmasin, koʻkarmasin,
Falokat zolimning izidan tushib, uni yoʻq qilsin.

13 Bilaman, ey Egam, mazlumni himoya qilasan,
Bechoraholni adolat ila qoʻllab–quvvatlaysan.
14 Solihlar albatta Senga shukrona aytadi,
Toʻgʻri insonlar huzuringda istiqomat qiladi.