135–SANO
1 Shukrona ayting Egamizga, U yaxshidir!
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2 Shukrona ayting xudolarning Xudosiga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
3 Shukrona ayting egalarning Egasiga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

4 Shukrona ayting Xudoga,
Faqatgina U buyuk ajoyibotlar koʻrsatadi.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
5 Shukrona ayting donolik bilan samolarni yaratganga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
6 Shukrona ayting suvlar uzra yerni barpo qilganga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
7 Shukrona ayting ulkan yoritqichlarni yaratganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
8 Kunduzi nur sochib tursin deya,
Quyoshni yaratganga shukrona ayting.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
9 Tun uzra nur sochib tursin deya,
Yulduzlaru oyni yaratganga shukrona ayting.
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

10 Shukrona ayting Misrning toʻngʻichlarini urganga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
11 Shukrona ayting Misrdan Isroilni olib chiqqanga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
12 Shukrona ayting yoʻgʻon bilaklariyu
Kuchli qoʻli ila Isroilni olib chiqqanga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
13 Shukrona ayting Qizil dengizni ikkiga boʻlganga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
14 Shukrona ayting Isroilni dengiz oʻrtasidan oʻtkazganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
15 Shukrona ayting firʼavn va uning lashkarlarini
Qizil dengizga uloqtirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
16 Shukrona ayting Oʻz xalqini sahro boʻylab olib oʻtganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
17 Shukrona ayting buyuk shohlarni halok qilganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
18 Shukrona ayting qudratli shohlarni qirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
19 Shukrona ayting Amor xalqining shohi Sixoʻnni oʻldirganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
20 Shukrona ayting Bashan shohi Oʻgni oʻldirganga ,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
21 Shukrona ayting ularning yerini
Oʻz xalqiga mulk qilib berganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
22 Shukrona ayting u yerlarni
Oʻz quli Isroilga mulk qilib berganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

23 Shukrona ayting xor boʻlganimizda bizni eslaganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
24 Shukrona ayting bizni dushmanlarimizdan qutqarganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
25 Shukrona ayting barcha jonzotlarni oziqlantiradiganga,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

26 Shukrona ayting Samoviy Xudoga,