128–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Isroil shunday deb aytsin:
“Ular yoshligimdan menga koʻp zulm oʻtkazib keldi.
2 Ha, yoshligimdan menga zulm oʻtkazib kelgan,
Ammo meni yenga olmaganlar.
3 Meni savalab, yelkalarimda chuqur izlar qoldirdilar,
Yaralarim daladagi uzun joʻyaklarga oʻxshar.
4 Egamiz adolatparvardir,
Fosiqlarning arqonini qirqib, meni ozod qildi.”
5 Quddusdan nafratlanganlarning hammasi
Sharmanda boʻlib, ortiga qaytsin.
6 Tom ustidagi oʻtlarga oʻxshasin ular,
Oʻsmasdan oldin qurib qolsinlar.
7 Bunday oʻtga oʻroqchilarning hovuchi toʻlmaydi,
Bogʻlovchilarning quchogʻi toʻlmaydi.
8 Oʻtgan–ketganlar ularga:
“Egamiz sizlarga baraka bersin,
Egamiz nomi bilan sizlarni duo qilamiz!” deb aytmasin.