127–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Ey Egamizdan qoʻrqqanlar, hammangiz baxtlisiz,
Ey Uning yoʻlidan yuradiganlar, sizlar baxtlisiz.
2 Mehnatingiz samarasini yeysiz,
Baxtli boʻlib, huzur–halovatga yetasiz.
3 Xotiningiz hovlingizdagi serhosil
Uzum tokiga oʻxshagan boʻladi.
Dasturxoningiz atrofidagi bolalaringiz
Yosh zaytun koʻchatiga oʻxshagan boʻladi.
4 Ey Egamizdan qoʻrqadiganlar,
Shu tariqa baraka topasiz.
5 Egamiz Quddusdan turib sizga baraka bersin,
Umringiz boʻyi Sionning gullab–yashnashini koʻring.
6 Yashayvering siz, nevara–chevara koʻring,
Isroil uzra tinchlik boʻlsin!