126–SANO
Sulaymonning ziyorat qoʻshigʻi.
1 Agar uyni Egamiz qurmasa,
Quruvchilarning ishi bekor boʻladi.
Agar Egamiz shaharni qoʻriqlamasa,
Qorovul behuda poyloqchilik qiladi.
2 Erta turib, kech yotganingiz ham,
Ovqat topay deb, tortgan mashaqqatingiz ham bekordir.
Egamiz Oʻz sevganlarining ehtiyojini
Uyqularida ham qondiradi .

3 Oʻgʻillar Egamizdan merosdir,
Farzandlar Undan mukofotdir.
4 Yoshligingizda tugʻilgan oʻgʻillaringiz
Jangchining qoʻlidagi oʻqlardaydir.
5 Oʻqdoni toʻla shunday inson baxtlidir!
Shahar darvozasi oldida
Dushmani bilan daʼvolashganda,
U sharmanda boʻlib qolmaydi.
126–SANO
Sulaymonning ziyorat qoʻshigʻi.
1 Agar uyni Egamiz qurmasa,
Quruvchilarning ishi bekor boʻladi.
Agar Egamiz shaharni qoʻriqlamasa,
Qorovul behuda poyloqchilik qiladi.
2 Erta turib, kech yotganingiz ham,
Ovqat topay deb, tortgan mashaqqatingiz ham bekordir.
Egamiz Oʻz sevganlarining ehtiyojini
Uyqularida ham qondiradi .

3 Oʻgʻillar Egamizdan merosdir,
Farzandlar Undan mukofotdir.
4 Yoshligingizda tugʻilgan oʻgʻillaringiz
Jangchining qoʻlidagi oʻqlardaydir.
5 Oʻqdoni toʻla shunday inson baxtlidir!
Shahar darvozasi oldida
Dushmani bilan daʼvolashganda,
U sharmanda boʻlib qolmaydi.