125–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Egamiz Quddusni yana farovonlikka erishtirganda ,
Tush koʻrayotgan odamlarga oʻxshar edik.
2 Ogʻzimiz kulgi bilan,
Tillarimiz shodlik qoʻshigʻi bilan toʻla edi.
Shunda xalqlar aytdilar:
“Ular uchun Egamiz buyuk ishlar qildi.”
3 Ha, Egamiz biz uchun buyuk ishlar qilgandi,
Biz quvonchga toʻlgandik.
4 Nagav choʻlidagi soyliklarni qayta suvga toʻldirganday,
Ey Egam, farovonligimizni qayta tiklagin.
5 Koʻz yosh bilan urugʻ ekkanlar
Shodlik qoʻshiqlari ila hosil oʻradi.
6 Yigʻlab, urugʻ xaltasini olib boruvchilar
Shodlik qoʻshiqlari bilan qaytib keladi,
Don bogʻlamlarini olib qaytadi.