120–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Togʻlarga tikaman koʻzlarimni,
Qayerdan kelar menga madad?
2 Yeru osmonni yaratgan
Egamdan kelar menga madad.
3 Qoqilishingga U yoʻl qoʻymas,
U posboningdir, aslo mudramas.
4 Ha, Isroilning posbonidir U,
Mudramaydi, uxlamaydi U.
5 Egamizdir sening posboning,
Egamizdir yoningdagi soyang sening.
6 Kunduzi oftob seni urmas,
Kechasi oy senga zarar yetkazmas.
7 Egamiz seni har qanday xatardan asraydi,
Joningni Egamiz omon saqlaydi.
8 Hozir va to abad qayerga borsang ham,
Egamiz doim senga posbonlik qiladi.
120–SANO
Ziyorat qoʻshigʻi.
1 Togʻlarga tikaman koʻzlarimni,
Qayerdan kelar menga madad?
2 Yeru osmonni yaratgan
Egamdan kelar menga madad.
3 Qoqilishingga U yoʻl qoʻymas,
U posboningdir, aslo mudramas.
4 Ha, Isroilning posbonidir U,
Mudramaydi, uxlamaydi U.
5 Egamizdir sening posboning,
Egamizdir yoningdagi soyang sening.
6 Kunduzi oftob seni urmas,
Kechasi oy senga zarar yetkazmas.
7 Egamiz seni har qanday xatardan asraydi,
Joningni Egamiz omon saqlaydi.
8 Hozir va to abad qayerga borsang ham,
Egamiz doim senga posbonlik qiladi.