12–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Ey Egam, qachongacha meni unutasan?
Nahotki meni to abad unutsang?!
Qachongacha mendan yuz oʻgirasan?
3 Qachongacha jonim azobda qoladi,
Kun boʻyi yuragim gʻamga toʻladi?
Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?
4 Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga!
Kuchimni qaytargin, toki ketmayin oʻlim uyqusiga.
5 “Uni yengdim”, deb aytmasin dushmanim,
Yiqilganimda sevinmasin yovlarim!

6 Men umid bogʻlayman sodiq sevgingga,
Najotingdan qalbim toʻladi quvonchga.
Ey Egam, qoʻshiq aytaman Senga,
Zero, Sen inoyat aylading menga.
12–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Ey Egam, qachongacha meni unutasan?
Nahotki meni to abad unutsang?!
Qachongacha mendan yuz oʻgirasan?
3 Qachongacha jonim azobda qoladi,
Kun boʻyi yuragim gʻamga toʻladi?
Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?
4 Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga!
Kuchimni qaytargin, toki ketmayin oʻlim uyqusiga.
5 “Uni yengdim”, deb aytmasin dushmanim,
Yiqilganimda sevinmasin yovlarim!

6 Men umid bogʻlayman sodiq sevgingga,
Najotingdan qalbim toʻladi quvonchga.
Ey Egam, qoʻshiq aytaman Senga,
Zero, Sen inoyat aylading menga.