117–SANO
1 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2 Isroil xalqi shunday desin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
3 Horun avlodi shunday aytsin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”
4 Egamizdan qoʻrqqanlar shunday aytsin:
“Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

5 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim,
Javob berib, U meni ozod qildi.
6 Egam men bilan birga, shu bois qoʻrqmayman.
Insonlar menga nima qila oladi?!
7 Egam men bilan birga, U menga madad beradi,
Koʻzlarim dushmanlarim magʻlubiyatini koʻradi.
8 Insondan umid qilgandan koʻra,
Egamizdan panoh izlash yaxshidir.
9 Shahzodalardan umid qilgandan koʻra,
Egamizdan panoh izlash yaxshidir.

10 Dushman xalqlar oʻrab olgan atrofimni,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
11 Har tarafdan oʻrab, menga hujum qilgandi,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
12 Atrofimni arilarday oʻrab oldilar,
Tikan alangasiday lov etdilar–da, oʻchdilar,
Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.
13 Meni qattiq turtganlarida, yiqilayozdim,
Egam menga madad berdi.
14 Egam mening kuch–qudratimdir ,
U mening qutqaruvchimdir.

15 Solihlarning chodirlarida
Shodlik, zafar qoʻshiqlari jaranglaydi:
“Egamizning oʻng qoʻli magʻlub qiladi.
16 Egamizning oʻng qoʻli baland koʻtariladi,
Ha, Egamizning oʻng qoʻli magʻlub qiladi.”

17 Men oʻlmayman. Ha, men yashayman,
Egamning ishlarini naql qilaman.
18 Egam meni qattiq jazoladi,
Lekin oʻlishimga yoʻl qoʻymadi.

19 Adolat darvozalarini menga ochinglar,
Toki men darvozadan kirib,
Egamga shukronalar aytayin.
20 Bu Egamizning darvozasidir,
Solihlar shu darvozadan kirsin.

21 Ey Egam, ibodatimga javob berganing uchun,
Mening najotkorim boʻlganing uchun
Senga shukrona aytaman.

22 Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi boʻldi.
23 Bu Egamizning qilgan ishidir,
Koʻz oldimizdagi ajoyibotdir.
24 Egamiz yaratgan kundir bu,
Bu kunda shod boʻlib, sevinaylik.

25 Najot ber bizga, yolvoramiz, ey Egam!
Muvaffaqiyat ber, oʻtinamiz, ey Egam!

26 Egamiz nomidan keladigan zot baraka topsin,
Egamiz uyidan turib, seni duo qilamiz.
27 Egamiz Xudodir, U bizga nur bergan.
Bayram nishonlashni boshlang!
Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring .

28 Sen Xudoyimsan, Senga shukur aytaman,
Sen Xudoyimsan, Seni ulugʻlayman.

29 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir,