115–SANO
1 Juda koʻp azob cheksam ham,
Xudoga boʻlgan ishonchim yoʻqolmadi.
2 Oʻylamasdan : “Hamma odamlar yolgʻonchidir”, dedim.
3 Egam menga qilgan yaxshiliklarini
Unga qanday qilib qaytaray?
4 Najot topganimni nishonlayman,
Egamga sajda qilaman.
5 Egamiz xalqining koʻzi oldida
Unga bergan ontimni ado etaman.
6 Taqvodorlarning oʻlimi
Egamizning nazarida juda achchiqdir.
7 Ey Egam, men Sening qulingman,
Choʻringning oʻgʻliman,
Oʻzing kishanlardan meni ozod qilgansan.
8 Shukrona qurbonligini Senga nazr qilaman,
Senga sajda qilaman.
9-10 Quddusda, Sening uying hovlilarida,
Jamiki xalqingning koʻzi oldida
Ey Egam, Senga bergan ontimni ado etaman.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!