112–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari,
Hamdu sanolar boʻlsin Egamizning nomiga!
2 Egamiz nomiga hozir ham,
Abadulabad olqishlar boʻlsin.
3 Sharqdan to gʻarbga qadar
Egamizning nomiga olqishlar boʻlsin!
4 Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan,
Uning shuhrati samolardan ham buyukdir.
5 Egamiz Xudoga kim oʻxshaydi?!
U yuksakda taxt qurgan.
6 U samoga, yer yuziga egilib qaraydi.
7 Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U koʻtaradi,
Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi.
8 Ularga shahzodalar yonidan joy beradi,
Oʻz xalqining shahzodalari bilan birga oʻtqazadi.
9 Befarzand ayolni oʻz uyida U sharaflaydi,
Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!