11–SANO
1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob joʻrligida aytiladigan Dovud sanosi.
2 Najot bergin bizga, ey Egam!
Taqvodor bir inson qolmadi,
Senga sodiq inson yoʻq boʻlib ketdi.
3 Hamma bir–biriga yolgʻon soʻzlaydi,
Xushomadgoʻylik bilan bir–birini aldaydi.

4 Xushomadgoʻy tillarni Egamiz kesib tashlasin,
Maqtanchoq ogʻizlarni U qirib tashlasin.
5 Axir, ular: “Ogʻzimiz bilan erishamiz har narsaga,
Tilimiz oʻzimizniki, kim xoʻjayin bizga?!” deb aytadi.

6 Egamiz aytmoqda: “Muhtoj ezilib ketdi,
Bechora nola qildi. Endi qoʻzgʻalaman,
Oʻzlari intilgan najotga yetkazaman.”
7 Egamizning vaʼdalari gʻoyatda pokdir,
Uning soʻzlari oʻchoqda
Yetti karra tozalangan kumushga oʻxshaydi.

8-9 Har tarafda qabihlar daydib yuradi,
Har yoqda odamlar yomonlikni maqtab yuradi.
Ey Egam! Bulardan bizlarni saqlagaysan,
To abad bu nasldan bizni himoya qilgaysan.