109–SANO
Dovud sanosi.
1 Egamiz aytmoqda Rabbimga :
“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin.”
2 Ey Rabbim! Egamiz Sening hukmronligingni
Quddusdan boshlab kengaytirar!
Dushmanlaring oʻrtasida Sen hukmronlik qil!
3 Sen jang qiladigan kunda
Jangchilaring oʻz xohishi bilan maydonga chiqadi.
Erta tong yosh yigitlaring
Shabnam kabi atrofingda toʻplanadi,
Ular muqaddas ulugʻvorlikka burkangan .
4 Egamiz ont ichgan, qarorini oʻzgartirmas:
“Sen Maliksidiq singari,
To abad ruhoniysan.”
5 Ey Xudo, Rabbim oʻng tomoningda oʻtirar,
Gʻazablangan kunda shohlarni ezib tashlar.
6 U xalqlarni hukm etib, jasadlarini uyum qilar,
Butun yer yuzidagi hukmdorlarni ezib tashlar.
7 Yoʻl boʻyidagi irmoqdan suv ichar,
Kuchga toʻlib, gʻolib boʻlib turar.