107–SANO
1 Dovud sanosi. Qoʻshiq.
2 Ey Xudo, yuragim Senga sodiq,
Jonim boricha Seni kuylab, qoʻshiq aytaman.

3 Uygʻon, ey arfa, lira!
Tongni ham men uygʻotaman!

4 Ey Egam, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman,
Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.
5 Sodiq sevging samolardan ham yuksakdir,
Sadoqating bulutlardan ham balanddir.
6 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver!
Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
7 Oʻng qoʻling ila gʻalaba ato qilgin,
Iltijoimga javob bergin,
Suyukli bandalaring najot topsin.

8 Ey Xudo, Oʻz muqaddas makoningdan vaʼda bergansan :
“Shodlanib Shakamni boʻlib tashlayman,
Suxot vodiysini taqsimlab beraman.
9 Gilad Menikidir, Manashe Menikidir,
Efrayim dubulgʻamdir, Yahudo saltanat hassamdir.
10 Moʻab Mening qoʻlyuvgichimdir,
Edom uzra chorigʻimni otaman ,
Filistlar uzra zafar ila hayqiraman.”

11 Ey Xudo, qaniydi mustahkam shaharga meni olib borsalar,
Edomga meni boshlab borsalar.
12 Axir, bizni Oʻzing rad etding–ku!
Endi lashkarimizga yoʻlboshchilik qilmayapsan–ku!
13 Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber,
Insonning yordami butunlay behuda.
14 Ey Xudo, Sen bilan biz gʻolib boʻlamiz,
Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.