105–SANO
1 Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!

Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir!
Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2 Egamizning qudratli ishlarini kim batafsil ayta oladi?!
Kim Unga mukammal hamdu sano ayta oladi?!
3 Baxtlidir adolat ila ish tutganlar,
Har doim toʻgʻri ish qilganlar.

4 Ey Egam, xalqingga muruvvat koʻrsatganingda meni eslagin,
Ularga najot berganingda, menga ham yordam bergin,
5 Toki tanlagan xalqingning iqbolini koʻrayin,
Xalqingning shodligini koʻrib, men ham quvonayin,
Ular bilan birga faxrlanib yurayin.

6 Ey Isroil xalqi, ota–bobolarimiz kabi, biz gunoh qildik,
Egri yoʻldan yurdik, yomonlik qildik.
7 Ota–bobolarimiz Misrda boʻlganlarida,
Egamizning ajoyib ishlariga eʼtibor qilmadilar,
Uning moʻl sodiq sevgisini eslamadilar,
Qizil dengizda isyon qildilar.
8 Qudratli kuchini bildirish uchun,
Oʻz nomi haqi,
Egamiz ularni qutqardi.
9 U Qizil dengizga doʻq urdi, dengiz quridi.
Qup–quruq yerdan yetaklaganday,
Isroil xalqini dengiz tubidan oʻtkazdi .
10 Egamiz ularni yov qoʻlidan qutqardi,
Gʻanim qoʻlidan ularni ozod qildi.
11 Suvlar qaytib, gʻanimlarni bosib qoldi,
Dushmanlarning birontasi qutula olmadi.
12 Shunda Isroil xalqi Egamizning soʻziga ishondi,
Unga hamdu sanolar kuyladi.

13 Ular tez orada Egamizning ishlarini unutdi,
Egamizdan bemaslahat ish qildilar.
14 Sahroda ular nafsi buzuqlik qildi,
Dashtu biyobonda ular Xudoni sinadi .
15 Egamiz ularga soʻraganini berdi–yu,
Ularga halokatli xastalikni ham yubordi.

16 Qarorgohdagi xalq Musoga,
Egamizga bagʻishlangan Horunga hasad qildi .
17 Yer yorilib, Datanni yutib yubordi,
Aburam bilan sheriklarini yamlab yubordi.
18 Sheriklari ustiga olov tushdi,
Oʻsha fosiqlarni alanga yondirdi.

19 Sinay togʻida ular buzoq yasadilar,
Oʻsha oltin butga sajda qildilar .
20 Ular Xudoning ulugʻvorligini
Oʻt yeydigan buqa tasviriga alishdilar.
21 Misrda buyuk ishlar qilgan
Najotkori Xudoni unutdilar.
22 Xom yurtida Egamiz ajoyibotlar koʻrsatgandi,
Qizil dengizda qoʻrqinchli ishlar qilgandi.
Ana shularni Isroil xalqi unutdi.
23 Shu bois Egamiz, ularni qiraman, dedi.
Ammo Muso, Egamizning tanlagani oʻrtaga tushib,
Egamizdan iltijo qilib,
Uni qahru gʻazabidan qaytardi.

24 Soʻngra ular maftunkor yurtni xor qildilar,
Egamizning vaʼdasiga ishonmadilar .
25 Oʻz chodirlarida mingʻirlab nolidilar,
Egamizga itoat etmadilar.
26 Egamiz qoʻlini koʻtarib, ont ichdi:
“Sizlarni sahroda yakson qilaman.
27 Naslingizni xalqlar orasiga tarqataman,
Boshqa yurtlarga ularni sochib yuboraman.”

28 Soʻngra bizning ota–bobolarimiz
Piyor togʻidagi Baalga sajda qilishga qoʻshildilar ,
Oʻliklarga keltirilgan qurbonlikdan yedilar.
29 Ular qilmishlari bilan
Egamizni gʻazablantirdilar,
Ular oʻlatga giriftor boʻldilar.
30 Finxaz qoʻzgʻalib, aralashdi,
Shunda oʻlat ham toʻxtadi.
31 Shu bois Finxaz solihlik timsoli boʻldi,
Bu nasllardan nasllarga to abad davom etadi.

32 Mariva suvlari boʻyida ular Egamizning qahrini keltirdilar,
Ularning dastidan Musoning boshiga qaygʻular keldi.
33 Ular Musoning gʻazabini qoʻzgʻatdi,
Muso ham oʻylamay gapirdi.

34 Egamiz, xalqlarni qiringlar, deb amr bergandi,
Ular Egamizning amrini bajarmadi.
35 Begona xalqlar bilan ular aralashib,
Ularning odatlarini oʻrgandilar.
36 Ular begona xalqlarning butlariga sajda qildilar,
Oʻsha butlar Egamizning xalqiga tuzoq boʻldi.
37 Ular oʻzlarining oʻgʻil–qizlarini
Jinlarga qurbon qildilar.
38 Ha, oʻzlarining oʻgʻil–qizlarini
Kanʼon butlariga qurbon qilib,
Begunoh qon toʻkdilar.
Ularning qoni yurtni harom qildi.
39 Ishlari bilan oʻzlarini bulgʻadilar,
Qilmishlari bilan Egamizga bevafolik qildilar.

40 Shunda Egamiz Oʻz xalqidan gʻazablandi,
Ulardan jirkandi.
41 Ularni yot xalqlarning qoʻliga berdi,
Gʻanimlari ular ustidan hukmron boʻldi.
42 Dushmanlari ularni siquvga oldi,
Kuch bilan ularni boʻyin egdirdi.
43 Koʻp marta Egamiz ularni qutqardi,
Ular esa ataylab isyon qilgan edi,
Gunohlari tufayli past ketdilar.
44 Shunda ham Egamiz Oʻz xalqining nolalarini eshitib,
Ularning kulfatlariga eʼtibor berdi.
45 Ular haqi Oʻz ahdini yodida tutdi,
Moʻl sodiq sevgisi bilan ularga shafqat koʻrsatdi.
46 Ularni asir olganlarni
Shafqatli boʻlishga undadi.

47 Ey Egamiz Xudo, bizlarni qutqar,
Xalqlar orasidan bizni toʻplab ol,
Oʻzing muqaddassan, Senga shukur aytaylik,
Madhga loyiq ishlaring bilan faxrlanaylik.

48 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga
To abad olqishlar boʻlsin,
Jamiki xalqlar: “Omin”, deb aytsin.

Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!