104–SANO
1 Egamizga shukur ayting, Unga sajda qiling,
Boshqa xalqlar orasida Uning ishlarini bildiring.
2 Tarannum qilib Uni, hamdu sano ila qoʻshiq ayting,
Uning jamiki ajoyib ishlarini soʻzlab bering.
3 Egamizning muqaddas nomi ila faxrlaning,
Egamizga yuz burganlarning qalbi shodlikka toʻlsin.
4 Qudratli Egamizga yuz buring!
Uning huzurida boʻlishga intiling.
5-6 Ey sizlar, Egamizning quli Ibrohim nasli,
Ey Yoqub oʻgʻillari — Egamizning tanlaganlari,
Egamiz qilgan ajoyibotlarini esda tuting,
Uning moʻjizalarini, chiqargan hukmlarini unutmang.
7 U Egamiz Xudodir,
U butun yer yuzini adolatli hukm qiladi.
8 Oʻz ahdini U to abad yoddan chiqarmas,
Minglab nasllarga bergan vaʼdasini unutmas.
9 Rioya qilar U Ibrohim bilan qilgan ahdiga,
Isʼhoqqa qasam ichib bergan vaʼdasiga.
10 Yoqub uchun bu ahdni bir qonun qildi,
Ha, Isroil uchun abadiy bir ahd qildi.
11 Aytdiki : “Kanʼon yurtini senga beraman,
Uni oʻzingga abadiy mulk qilib olasan.”
12 Oʻsha vaqtda ularning soni kam edi,
Ha, juda kamchilik edilar.
Ular bu yurtga kelgindi edi.
13 Kezardi bir xalq orasidan boshqasiga,
Bir shohlikdan boshqa yurtga.
14 Egamiz hech kimga ularni ezishlariga yoʻl qoʻymadi,
Ularni deb shohlarga tanbeh berdi.
15 Aytdiki: “Men tanlaganlarga tegmanglar,
Paygʻambarlarimga zarar keltirmanglar.”
16 Kanʼon yurti ustiga Egamiz ocharchilik yubordi,
Bitta qoldirmay yeguliklarga qirgʻin keltirdi.
17 Ulardan oldin odam yubordi,
Ha, Yusuf qul kabi sotildi.
18 Uning oyoqlariga zanjir urildi,
Boʻynidan temir halqa oʻtkazildi.
19 Yusufning soʻzlari bajo boʻladigan vaqt kelguncha,
Egamizning kalomi Yusufni sinadi.
20 Misr shohi odam yuborib, Yusufni qutqardi,
Ellarning hukmdori uni ozod qildi.
21 Yusufni shoh saroyining boshqaruvchisi qilib tayin etdi,
Jamiki mulkining hokimi qildi.
22 Xohlasa saroydagi aʼyonlarimni zanjirband qilsin ,
Maslahatchilarimga donolik ila oʻgit bersin deb, shunday qildi.
23 Soʻngra Isroil Misrga keldi,
Ha, Yoqub nasli Xom yurtida musofir boʻldi.
24 Uning xalqini Egamiz barakali qildi,
Dushmanlariga qaraganda, koʻpaytirdi.
25 Egamiz Misr xalqining yuraklarini oʻzgartirdi,
Ular Egamiz xalqidan nafratlandi,
Egamizning qullariga qarshi ular fitna uyushtirdi.
26 Soʻngra Egamiz quli Musoni yubordi,
Tanlab olgan Horunni birga joʻnatdi.
27 Misrliklar orasida, oʻsha Xom yurtida
Ikkalasi Egamizning moʻjizalarini, ajoyibotlarini koʻrsatdi .
28 Egamiz zulmat yubordi, Misrni zulmatga burkadi,
Axir, Misrliklar Egamizning amrlariga itoatsizlik qildi .
29 Misrning suvlarini Egamiz qonga aylantirdi,
Jamiki baliqlarini nobud qilib tashladi.
30 Misr yurti toʻlib ketdi qurbaqalarga,
Yetib bordi hatto hukmdorlarning uyiga.
31 Egamiz amr berganda, soʻnalar galasi keldi,
Misr boʻylab burgalar qaynab ketdi.
32 Yomgʻir oʻrniga ularga Egamiz doʻl yogʻdirdi,
Butun Misr boʻylab chaqmoq chaqtirdi.
33 Uzumzoru anjirzorlarini quritdi,
Misrdagi daraxtlarni qoʻporib tashladi.
34 Egamiz amr berganda, chigirtkalar keldi,
Son–sanoqsiz mayda chigirtkalar chiqib keldi.
35 Ular Misrdagi butun oʻt–oʻlanni yeb yubordi,
Misr oʻlkasidagi hosilni yeb bitirdi.
36 Misrdagi jamiki toʻngʻich oʻgʻillarni Egamiz nobud qildi,
Ha, ularning faxri, qut–baraka timsolini yoʻq qildi.
37 Soʻng Egamiz Oʻz xalqini
Oltinu kumushga boyitib olib chiqdi.
Isroil qabilalarining orasida qoqilib qolgani boʻlmadi.
38 Misrliklar Isroildan qoʻrqib, vahimaga tushgandi,
Ular ketgach, Misr xalqi sevindi.
39 Xalqi ustida yopinchiq boʻlsin deb,
Egamiz bulutni yoydi,
Kechasi yorugʻlik boʻlsin deb, alanga berdi .
40 Isroil goʻsht soʻraganda Egamiz bedanalar berdi,
Osmondan non yogʻdirib, ularni toʻygʻazdi .
41 Egamiz qoyani ochdi, suv otilib chiqdi ,
Sahro boʻylab daryoday suv oqdi.
42 Egamiz Oʻzining muqaddas vaʼdasini,
Oʻz quli Ibrohimga bergan vaʼdasini yodda tutdi.
43 Shu bois xalqini olib chiqdi sevinch ila,
Oʻz tanlaganlarini shodlik hayqiriqlari ila.
44 Begona xalqlarning yurtlarini ularga berdi,
Oʻsha xalqlarning boyligini Isroil mulk qilib oldi.
45 “Isroil xalqi Mening farmonimga rioya qilsin,
Mening qonunlarimga itoat etsin”, deya
Egamiz mana shularning hammasini qildi.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!