102–SANO
Dovud sanosi.
1 Egamizni olqishlagin, ey jonim,
Uning muqaddas nomini olqishla, ey vujudim!
2 Egamizni olqishlagin, ey jonim,
Uning qilgan hamma yaxshiliklarini unutmagin!
3 Hamma gunohlarimni U kechiradi,
Barcha xastaliklarimga U shifo beradi.
4 Meni qabrdan U qutqaradi,
Sevgi, shafqat ila menga toj kiygizadi.
5 Hayotimni neʼmat ila U qondiradi,
Yoshligim burgutning kuchiday yangilanadi.
6 Egamiz toʻgʻri ish qiladi,
Mazlumlarga adolat qiladi.
7 Oʻz yoʻllarini U Musoga maʼlum qilgan,
Ishlarini Isroil xalqiga namoyon etgan.
8 Egamiz rahmdil, inoyatlidir,
Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi moʻldir.
9 U doimo bizni ayblamaydi,
Yoki to abad gʻazabini sochmaydi.
10 Bizni U gunohlarimizga qarab jazolamas,
Yomonliklarimizga qarab qaytarmas.
11 Samolar zamindan naqadar balanddir!
Egamizning sodiq sevgisi ham
Undan qoʻrqqanlarga shunday yuksakdir!
12 Sharq gʻarbdan qanchalik uzoq boʻlsa,
Gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi.
13 Ota bolalariga shafqat qilganday,
Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlarga rahm qiladi.
14 Biz qanday yasalganimizni U biladi,
Biz tuproq ekanimizni U yodida tutadi.
15 Insonmiz, maysaga oʻxshar umrimiz,
Dasht guliga oʻxshab gullaymiz.
16 Shamol esar, maysa yoʻq boʻlar,
Uni oʻz joyi eslamay qoʻyar.
17 Ammo Egamizning sodiq sevgisi
Abadulabad Undan qoʻrqqanlar bilan birgadir!
Uning sodiqligi esa ularning nasliga oʻtadi.
18 Ha, Egamiz sodiq qoladi Uning ahdiga rioya qilganlarga,
Uning amrlariga sadoqat ila itoat etganlarga.
19 Egamiz taxtini oʻrnatgandir samoda,
Uning shohligi hukmrondir hamma yerda.
20 Egamizni olqishlang, ey Uning farishtalari,
Uning amrini ijro qiluvchi bahodirlar,
Uning soʻzlariga itoat etuvchilar!
21 Ey Egamizning samoviy lashkarlari!
Uning irodasini ijro etuvchi xizmatkorlari!
Egamizni olqishlang!
22 Ey Egamiz yaratganlarning hammasi!
U hukmron boʻlgan har bir joyda
Uni olqishlanglar!
Ey jonim! Egamizni olqishla!