100–SANO
Dovud sanosi.
1 Sadoqatingni, adolatingni kuylayman,
Seni, ey Egam, tarannum etaman.
2 Benuqson hayot kechirishni oʻrganaman,
Qachon bunga erishaman?
Pok yurak ila oʻz uyimda umr kechiraman.
3 Hech qanday yovuzlikka yoʻl qoʻymayman.
Qingʻir ishlardan nafratlanaman,
Men ularga hech qoʻshilmayman.
4 Ters ishlarni rad qilaman,
Yomonlik mendan uzoq boʻladi.
5 Doʻsti ortidan gʻiybat qiladiganni yoʻq qilaman,
Takabburlik bilan qaraydigan koʻzlarga,
Magʻrur yurakka aslo toqat qilmayman.
6 Yonimda istiqomat qilsinlar deya,
Yurtimning sodiq odamlariga xayrixoh boʻlaman.
Toʻgʻri yoʻldan yuradigan inson
Menga xizmat qiladi.
7 Hiylagarlar mening saroyimda qolmaydi,
Yolgʻonchilar qarshimda turmaydi.
8 Har saharda yurtdagi fosiqlarni qiraman,
Ey Egam, Sening shahringdan badkirdorlarni yoʻq qilaman.