1–SANO
1 Shunday insonlar saodatlidir:
Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi,
Gunohkorlar yoʻlida ular turmaydi,
Mazaxchilar orasida oʻtirmaydi.
2 Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi,
Tunu kun taʼlimotining magʻzini chaqadi.
3 Unday insonlar oqar suv boʻyiga oʻtqazilgan
Daraxtlarga oʻxshaydi.
Ular oʻz mavsumida mevasini beradi,
Barglari aslo qurimaydi.
Ular neki qilsa, muvaffaqiyatga erishadi.
4 Fosiqlar esa bunday emaslar,
Shamolda toʻzgʻib ketadigan somonga oʻxshaydi.
5 Hukmda fosiqlar oqlana olmaydi,
Solihlar jamoasidan gunohkorlar joy ololmaydi.
6 Egamiz solihning yoʻlini qoʻriqlaydi,
Fosiqning yoʻli halokatga yetaklaydi.