12–BOB
1 Nasihatni sevgan ilm–maʼrifatni sevadi,
tanbehdan nafratlanadigan esa ahmoqdir.
2 Yaxshi odam Egamizning marhamatiga sazovor boʻladi,
niyati buzuqni esa U jazoga hukm etadi.
3 Inson yovuzlik bilan kamol topmaydi,
solih hech qachon oʻrnidan qoʻzgʻatilmaydi.
4 Yaxshi xotin erining boshidagi tojidir,
erini uyaltiradigan xotin boshga balodir.
5 Solihning fikri–zikri — adolat,
fosiqning maslahati esa yolgʻondir.
6 Fosiqning soʻzi qonga tashna,
toʻgʻrining tili esa qutqaradi.
7 Fosiq halokatga uchrab yoʻq boʻladi,
solihning uyi esa mustahkam turadi.
8 Insonni aql–idrokiga qarab ulugʻlaydilar,
egri odam esa nafratga duchor boʻladi.
9 Oʻzini katta tutib nonga zor boʻlgandan koʻra,
oddiy boʻlib xizmatkor boʻlish yaxshiroq.
10 Solih hayvonga ham mehribonlik qiladi,
fosiqning rahmdilligi ham zolimlikdir.
11 Yerga ishlov bergan toʻyib non yeydi,
bekor narsani koʻzlagan esa aqlsizdir.
12 Fosiq yovuzlik toʻriga ilintiray deydi,
solihning ildizi yashnaydi.
13 Fosiq oʻz tilidan ilinadi,
solih esa gʻamdan forigʻ boʻladi.
14 Odam soʻzlari tufayli yaxshi narsaga erishadi,
mehnati uni taqdirlaydi.
15 Nodon oʻz yoʻlini toʻgʻri deb oʻylaydi,
dono esa maslahatga quloq soladi.
16 Nodon gʻazabini darhol bildiradi,
aqli raso esa haqoratlanganini berkitadi.
17 Toʻgʻri gapiradigan haqiqatni aytadi,
soxta guvoh yolgʻon gapiradi.
18 Oʻylamasdan aytilgan soʻz qilichday jarohatlaydi,
dononing gaplari esa shifo beradi.
19 Rostgoʻy lablar abadiydir,
yolgʻon til esa bir lahzalikdir.
20 Yomon niyat qiladiganning yuragida yolgʻon,
tinchlik oʻrnatuvchining yuragida esa quvonch bor.
21 Solihga hech qanday zarar tegmaydi,
fosiq esa gʻam–gʻussadan qutulmaydi.
22 Yolgʻonchi til Egamizga jirkanch,
toʻgʻrilik bilan ish qiladiganlar esa Uning sevinchidir.
23 Aqlli bilimini koʻz–koʻz qilmaydi,
nodon oʻz nodonligini oshkor qiladi.
24 Tirishqoq hukm suradi,
dangasa esa qul boʻladi.
25 Yurakdagi qaygʻu–alam odamni ezadi,
shirin soʻz esa yurakni shod etadi.
26 Solih oʻzgalarga yoʻl koʻrsatadi ,
fosiq esa yoʻldan adashtiradi.
27 Dangasa oʻljasini pishirishga ham erinadi,
gʻayratli esa qimmatbaho boylikka ega boʻladi .
28 Solihlik yoʻli hayotga yetaklaydi,
bu yoʻlda oʻlim yoʻqdir.