11–BOB
1 Yolgʻon tarozi Egamiz uchun jirkanchdir,
aniq tarozi toshlari esa Uning quvonchidir.
2 Magʻrurlik bilan sharmandalik keladi,
donolik esa kamtarlar bilandir.
3 Toʻgʻrilarning sofdilligi yoʻl koʻrsatsa,
xoinlarning ikkiyuzlamachiligi halok qiladi.
4 Qiyomat kunida boylik foyda bermaydi,
solihlik esa oʻlimdan saqlaydi.
5 Pokdilning solihligi yoʻlini toʻgʻrilaydi,
fosiq esa fosiqligi tufayli qoqiladi.
6 Toʻgʻrining solihligi najot beradi,
sotqin esa yomon niyatlari tufayli tutiladi.
7 Yovuz oʻlsa, orzu–umidlari ham oʻladi,
fosiqning ham xohish–tilaklari poymol boʻladi.
8 Solih gʻam–gʻussadan qutuladi,
fosiq esa gʻamga duchor boʻladi.
9 Imonsiz oʻz tili bilan qoʻshnisini halok qiladi,
solih esa ilm–maʼrifati tufayli najot topadi.
10 Solihning ishi yurishsa, el–yurt quvonadi,
fosiq halok boʻlsa, tantana boʻladi.
11 Toʻgʻri odamlar tufayli shahar gullab–yashnaydi,
fosiqning tilidan esa el–yurt vayron boʻladi.
12 Qoʻshnisini kamsitgan aqlsizdir,
idrokli sukut saqlaydi.
13 Gʻiybatchi sirlarni ochadi,
sodiq esa sir saqlaydi.
14 Yoʻl–yoʻriq koʻrsatuvchisi boʻlmagan xalq halok boʻladi,
maslahatchilar koʻp boʻlsa, gʻalaba keladi.
15 Begonaga kafillik qilgan koʻp jabr koʻradi,
kafil boʻlishdan nafratlanadigan esa tinchgina yuradi.
16 Mehribon xotin izzat–hurmat topadi,
zoʻravon esa boylikdan boshqa hech narsaga erishmaydi.
17 Shafqatli inson oʻz joniga manfaat keltiradi,
bagʻri tosh esa oʻziga zarar yetkazadi.
18 Xudoning yoʻlidan yurganlar haqiqiy mukofotni,
fosiqlar esa yolgʻon mukofotni oladilar.
19 Solihlikni koʻzlagan inson hayotga,
yomonlikni koʻzlagan esa oʻz oʻlimiga erishadi.
20 Egri yurak Egamizga jirkanch,
poklarning ishlari esa Uning quvonchidir.
21 Fosiq aslo jazosiz qolmaydi,
solihning esa avlodlari ham najot topadilar.
22 Chiroyli, ammo farosatsiz ayol,
burniga tilla sirgʻa taqqan choʻchqa misol.
23 Solihning xohishi faqat ezgulik,
fosiqning kutganlari esa qahr–gʻazabdir.
24 Baʼzilarning qoʻli ochiq, ammo boyligi koʻpayaveradi.
Baʼzilar haddan tashqari tejamkor, ammo qashshoqlashaveradi.
25 Saxiyning biri ikki boʻladi,
boshqalarga yaxshilik qilganning oʻzi ham yaxshilik koʻradi.
26 Gʻallasini qizgʻanganni xalq qargʻaydi,
sotganlarga esa baraka yogʻiladi.
27 Ezgulikka intilgan iltifot topadi,
yomonlik qidirganga esa yomonlik keladi.
28 Boyligiga ishongan xonavayron boʻladi,
solih esa barg kabi yashnaydi.
29 Oʻz oilasiga gʻam–tashvish keltiradiganlar meros olmaydi,
nodonlar donoga qul boʻladi.
30 Solihlarning mahsuli — hayot daraxti,
oqilu donolar odamlarning yuragidan joy oladi.
31 Dunyoda solih qancha taqdirlansa,
fosiq bilan gunohkor undan ham koʻproq jazolanadi.