36–BOB
Turmushga chiqqan ayollarning merosi
1 Bir kuni Gilad urugʻining urugʻboshilari Muso bilan Isroil yoʻlboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning oʻgʻli, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.
2 — Ey Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qurʼa boʻyicha yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi . 3 Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urugʻning mulkiga qoʻshiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ayrilib qoladi. 4 Qutlugʻ yil kelganda esa Zalofxod qizlarining mulki oʻzlari turmushga chiqqan urugʻning mulkiga qoʻshilib, qabilamizning mulkidan ayirib olinadi va biz qabilamizga tegishli boʻlgan bir qism yerdan mahrum boʻlib qolamiz.
5 Muso, Egamizning amriga binoan, Isroil xalqiga aytdi:
— Yusuf avlodining gapi toʻgʻri. 6 Egamiz Zalofxodning qizlari haqida shunday amr berdi: Zalofxodning qizlari oʻzlari xohlagan odamlarga turmushga chiqishsin. Lekin ular turmushga chiqadigan yigitlar Zalofxodning qabilasidan boʻlishlari shart. 7 Isroil xalqining mulki bir qabiladan boshqasiga oʻtib ketmasin. Har bir Isroil odami otalaridan meros qilib olgan yerni saqlasin. 8 Isroilning hamma qabilasida mulkka merosxoʻrlik qiladigan har qanday qiz, oʻzining qabilasidan birortasiga turmushga chiqsin, toki Isroilning hamma odamlari mulk qilib olgan yerlariga oʻzlari egalik qilsin. 9 Ana shunda mulk bir qabiladan boshqa qabilaga oʻtib ketmaydi. Isroil xalqining har bir qabilasi oʻz mulkini saqlab qolsin.
10 Egamiz Musoga nima amr etgan boʻlsa, Zalofxodning qizlari shuni qildilar. 11 Zalofxodning Maxlo, Tirza, Xoʻglax, Milxo va Nuvah ismli qizlari oʻz amakilarining oʻgʻillariga turmushga chiqdilar. 12 Ular turmushga chiqqan yigitlar Yusuf oʻgʻli Manashe urugʻlaridan edilar. Shunday qilib, u qizlarning merosi otalari qabilasida qoldi.

13 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz bergan amr va qonunlar ana shulardan iboratdir. Bu qonunlar Moʻab tekisligida, Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida berilgan edi.