25–BOB
Isroil xalqi Piyor togʻidagi Baalga sajda qiladi
1 Isroil xalqi Shitimda oʻrnashganda, Isroil erkaklari Moʻab ayollari bilan zino qila boshlashdi. 2 Moʻab ayollari ularni oʻz xudolariga bagʻishlangan qurbonlik ziyofatlariga taklif etishdi. Isroil xalqi ularning qurbonligidan tanovul qilib, xudolariga ham sajda etdi. 3 Isroil xalqi Piyor togʻidagi Baalga qattiq bogʻlanib qolgani uchun, Egamiz ulardan gʻazablandi. 4 U Musoga shunday dedi:
— Bu xalqning boshliqlarini ushla, ularni kuppa–kunduzi Men, Egangizning huzurida qatl qil, jasadlarini esa tik oʻrnatilgan xodaning uchiga qoqtir. Shunda Men Isroil xalqidan qahr–gʻazabimni qaytaraman.
5 Muso Isroil hakamlariga :
— Piyordagi Baalga sajda qilgan har bir odamingizni oʻldiringlar, — deb buyruq berdi.
6 Shu payt Isroil xalqidan bittasi Musoning va butun Isroil jamoasining koʻzi oldida qarorgohga Midiyonlik bir ayolni boshlab kelib qoldi. Jamoa Uchrashuv chodiriga kiraverishda yigʻlab turgan edi. 7 Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar oʻgʻli Finxaz buni koʻrdi–yu, oʻrnidan turib, jamoa orasidan chiqib ketdi. U nayzasini olib, 8 Isroil xalqidan boʻlgan oʻsha odamning orqasidan chodirga kirdi–da, nayzasi bilan ikkovini ham oʻldirdi. Finxazning sanchgan nayzasi oʻsha odamning badanini teshib oʻtib, ayolning qorniga kirgan edi. Shundan keyingina Isroil xalqi orasidagi oʻlat toʻxtadi. 9 Lekin oʻlatdan 24.000 odam oʻlib boʻlgan edi.
10 Shunda Egamiz Musoga:
11 — Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar oʻgʻli Finxaz Mening qahr–gʻazabimni Isroil xalqidan qaytardi, — dedi. — Isroil xalqi orasida u Menga jon kuydirgani uchun, Men gʻazab ustida ularga qirgʻin keltirmadim. 12 Sen unga ayt: Men Finxaz bilan alohida tinchlik ahdimni tuzaman. 13 Bu ahdga muvofiq, Finxazning oʻzi va uning avlodi to abad ruhoniy boʻlishadi, chunki u oʻz Xudosiga — Menga jon kuydirib, qilgan ishi bilan Isroil xalqidan Mening gʻazabimni qaytardi.
14 Midiyonlik ayol bilan birga oʻldirilgan Isroil odamining ismi Zimri boʻlib, Shimoʻn qabilasining urugʻboshisi Soluning oʻgʻli edi. 15 Oʻldirilgan ayolning ismi esa Xozbi edi, u Midiyonliklarning urugʻboshisi Zurning qizi edi.
16 Egamiz Musoga:
17 — Midiyon xalqini dushman deb bilinglar, ularni qirib tashlanglar! — dedi. 18 — Chunki ular sizlarga dushmanlik qilib, Piyordagi voqea orqali sizlarni yoʻldan ozdirishdi. Bundan tashqari, Piyorda oʻlat hukmronlik qilgan kuni oʻlgan Midiyonlik yoʻlboshchining qizi Xozbi orqali sizlarni aldashdi.