13–BOB
Aygʻoqchilar
1 Shundan soʻng xalq Xazeroʻtdan yoʻlga chiqib, Poron choʻliga kelib qarorgoh qurdi. 2 Egamiz Musoga dedi: 3 “Men Isroil xalqiga berayotgan Kanʼon yurtiga aygʻoqchilar yubor. Har bir qabiladan bittadan yoʻlboshchini joʻnat.”
4 Muso, Egamizning amriga muvofiq, qabila yoʻlboshchilarini Poron choʻlidan Kanʼon yurtiga joʻnatdi. 5 Ularning ismi quyidagichadir:
Ruben qabilasidan — Zakkur oʻgʻli Shammuva.
6 Shimoʻn qabilasidan — Xoʻri oʻgʻli Shofot.
7 Yahudo qabilasidan — Yafunax oʻgʻli Xolib.
8 Issaxor qabilasidan — Yusuf oʻgʻli Yixal.
9 Efrayim qabilasidan — Nun oʻgʻli Xoʻsheya .
10 Benyamin qabilasidan — Rofu oʻgʻli Palti.
11 Zabulun qabilasidan — Soʻdi oʻgʻli Gaddiyol.
12 Yusuf qabilasidan, yaʼni Manashe qabilasidan — Susix oʻgʻli Gaddi.
13 Dan qabilasidan — Gamali oʻgʻli Omiyol.
14 Osher qabilasidan — Mikoyil oʻgʻli Satur.
15 Naftali qabilasidan — Vofsi oʻgʻli Naxbi.
16 Gad qabilasidan — Moxi oʻgʻli Guval.
17 Muso Kanʼon yurtiga aygʻoqchilikka yuborgan odamlarning ismi ana shulardir. Muso Nun oʻgʻli Xoʻsheyaning ismini oʻzgartirib, uni Yoshua deb atadi .
18 Muso ularni Kanʼon yurtiga aygʻoqchilikka yuborar ekan, shunday dedi: “Shimolga qarab yuringlar, Nagav choʻlini aylanib chiqqaningizdan keyin, choʻldan shimolda joylashgan qirli yerlarni ham koʻrib chiqinglar. 19 U yerlar qanday joy, u yerda yashayotgan xalq kuchlimi yoki zaifmi, koʻpmi yoki ozmi, 20 yurti yaxshimi yoki yomonmi, shaharlari devor bilan oʻralganmi yoki yoʻqmi, 21 yerlari unumdormi yoki kamhosilmi, daraxtlari bormi yoki yoʻqmi, bilib kelinglar. Oʻsha yurtning mevalaridan olib kelishning ilojini qilinglar.” Uzum mavsumi endi boshlangan edi.
22 Shunday qilib, aygʻoqchilar shimolga qarab ketishdi. Zin choʻlidan boshlab, Levo–Xomat yaqinidagi Rexob shahrigacha boʻlgan hamma joylarni koʻzdan kechirib chiqishdi. 23 Dastavval ular Nagav choʻlini kesib oʻtib, Xevron shahriga borishgandi. Oʻsha yerda Onoq avlodidan kelib chiqqan Oximan, Sheshay va Talmay urugʻlari yashashardi. Xevron Misrdagi Zoʻvan shahridan yetti yil oldin qurilgan edi. 24 U yerdan aygʻoqchilar Eshkoʻl soyligiga borib, bir bosh uzumni shoxi bilan qirqib olishgandi. Bu bosh uzumni ikki kishi xodaga osib koʻtarib ketgandi. Bundan tashqari, ular anor va anjirlardan ham olishgandi. 25 Aygʻoqchilar soylikdan bir bosh uzum qirqib olganlari uchun oʻsha soylikka Eshkoʻl deb nom berildi.
26 Nihoyat, ular yurtni koʻrib chiqib, qirqinchi kuni qaytishdi. 27 Poron choʻlidagi Kadeshga — Muso, Horun va butun Isroil jamoasi oldiga kelishdi. Ularga koʻrgan–bilganlarini aytib, oʻsha yurtning mevalarini koʻrsatishdi. 28 Ular Musoga shunday deb aytishdi:
— Siz bizni yuborgan yurtga bordik, u yerda chindan ham sut va asal oqib yotibdi . Mana bu mevalar oʻsha yerdan. 29 Lekin u yerning xalqlari kuchli, shaharlari mustahkam va nihoyatda ulkan ekan. Biz u yerda hatto Onoq avlodini ham koʻrdik! 30 Omolek xalqi — Nagav choʻlida, Xet, Yobus va Amor xalqlari — qirlarda, Kanʼon xalqi esa Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlarida va Iordan daryosi boʻylarida istiqomat qilishar ekan.
31 Xolib Musoning roʻparasida turgan xalqni tinchlantirib:
— Boʻla qolinglar, oʻsha yurtga hujum qilib, uni egallab olaylik. Oʻsha yurtni bosib olishga albatta kuchimiz yetadi, — dedi.
32 Lekin Xolib bilan birga borganlar:
— U xalqqa bas kela olarmidik?! Ular bizdan kuchliroq–ku! — deyishdi.
33 Shunday qilib, ular oʻzlari koʻrib kelgan yurt toʻgʻrisida Isroil xalqi orasida boʻlmagʻur mish–mishlar tarqata boshlashdi: “Biz koʻrib kelgan yurt u yerda yashashga boradiganlarni yutib yuborar ekan. Oʻsha yurtdagi hamma odamlar dev qomat ekan. 34 Biz u yerda hatto ulkan pahlavonlar urugʻidan boʻlgan Onoq avlodini koʻrdik. Ularning oldida oʻzimizni xuddi chigirtkaday his qildik. Ha, ularning nazarida ham biz chigirtkaday edik.”