4–BOB
Dushmanlarning niyatini Xudo puchga chiqaradi
1 Sanballat devorni qurayotganimizni eshitdi–yu, jahli chiqib, qattiq gʻazablandi. Soʻng yahudiylarni masxaralay boshladi. 2 U sheriklarining va Samariya lashkarboshilarining oldida shunday dedi: “Bu ojiz yahudiylar nima qilyaptilar oʻzi?! Oʻzlaricha devorni taʼmirlamoqchilarmi?! Bu ishni bir kunda bitirib, qurbonlik kuydirishni ham oʻylayaptilar, shekilli–a?! Yonib bitgan vayronalardan toshlarga jon ato qilmoqchilarmi?!” 3 Ommonlik Toʻviyo Sanballatning yonida edi. U ham shunday dedi: “Ular qurayotgan bu devor ustiga hatto tulki chiqsa ham, devor qulab tushadi.”
4 Shunda men ibodat qilib dedim: “Ey Xudoyimiz! Bizlarni qanchalik xor qilishayotganini eshitib qoʻy! Ularning masxaralashlarini oʻzlarining boshiga sol. Ular surgun boʻlishsin, dushmanlariga oʻlja boʻlishsin. 5 Ularning ayblaridan oʻtma, gunohlarini unutma! Axir, ular binokorlar oldida Seni haqorat qildilar .”
6 Biz devorni quraverdik, xalq chin dildan ishlagani uchun tez orada devorni yarmigacha koʻtarib boʻldik.
7 Devorni taʼmirlash ishlari yaxshi ketib, devorning oʻpirilgan joylari tiklana boshlagan edi. Sanballat, Toʻviyo, Arabistonliklar, Ommonliklar va Ashdodliklar bu haqda eshitib, qattiq gʻazablandilar. 8 Hammalari birgalikda til biriktirib, Quddusga hujum qilishga va shaharni sarosimaga solishga qasd qildilar. 9 Lekin biz Xudoyimizga iltijo qildik, shaharni va oʻzimizni kechayu kunduz ulardan himoya qilish uchun qoʻriqchilar tayinladik.
10 Yahudo xalqi esa shunday deb nola qilar edi:
Ogʻir yuk tashuvchilarning holi qolmadi,
Axlatning–chi oxiri koʻrinmaydi!
Bu devorni bitirishga hech koʻzimiz yetmaydi.
11 Dushmanlarimiz esa quyidagicha reja qilishardi: “Biz bildirmasdan, koʻrinmay ularning ustiga bostirib boramiz–da, hammalarini oʻldiramiz, ishlarini toʻxtatamiz.” 12 Ularga qoʻshni boʻlgan yahudiylar ham har tomondan oʻn martacha oldimizga kelishdi va bizni shunday deb ogohlantirishdi: “Xavf ostida qoldingizlar. Yaxshisi, bu joydan chiqib ketinglar, borib, biz bilan yashanglar.” 13 Shuning uchun men devorning eng past joylari orqasiga, ochiq joylariga qilich, nayza va yoy bilan qurollangan odamlarni urugʻlari boʻyicha joylashtirdim. 14 Keyin ahvolni koʻrib, yoʻlboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Dushmanlardan qoʻrqmanglar. Rabbiyni yodingizda tutinglar. U qudratli va haybatli Xudodir. Qarindosh–urugʻlaringizni, oʻgʻil–qizlaringizni, xotinlaringizni, uy–joylaringizni himoya qilish uchun jang qilinglar!”
15 Dushmanlarimizning bizga qarshi oʻylagan fitnalaridan xabardor ekanimizni ularning oʻzlari ham eshitishdi. Ularning niyatini Xudo puchga chiqargan edi. Shunday qilib, hammamiz yana devorni taʼmirlash ishlariga qaytdik. Har kim oʻz ishiga bordi. 16-17 Oʻsha kundan boshlab odamlarimning yarmi qurilishda ishladi, yarmi esa sovut kiyib, nayza, qalqon va yoy ushlab, soqchilik qildi. Yoʻlboshchilar devorni qurayotgan Yahudo odamlarining yonida oʻz joylarini egallashdi. Ogʻir yuk tashuvchilar bir qoʻli bilan mehnat qilib, bir qoʻlida qurol ushlab, oʻz vazifalarini bajarardilar. 18 Devor qurayotganlarning har biri yoniga qilich bogʻlagan holda ish qilar edi. Burgʻu chaladigan odam ham doim yonimda edi. 19 Men yoʻlboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Ishimiz katta, oramizdagi masofa uzoq, shuning uchun devor boʻylab bir–birimizdan yiroqlashib, ajralib qolganmiz. 20 Burgʻu ovozini eshitishingiz bilanoq, bizga qoʻshilinglar. Xudoyimiz biz uchun jang qiladi!”
21 Biz shu yoʻsinda mehnat qilardik. Odamlarning yarmi erta tongdan osmonda yulduzlar koʻringuncha nayza ushlab soqchilik qilardi. 22 Men oʻsha paytda odamlarga shunday deb aytdim: “Sizlar oʻz yordamchilaringiz bilan tunni Quddusning ichkarisida oʻtkazinglar. Tunda soqchilik qilinglar, kunduzi esa ishlanglar.” 23 Shunday qilib, hech birimiz — men ham, qarindosh–urugʻlarim ham, odamlarim ham, yonimdagi qoʻriqchilar ham, shu vaqt davomida, hatto kechasi ham kiyimlarimizni yechmadik. Qurollarimiz doimo yonimizda edi.