3–BOB
Naynavoning qismati
1 Holingga voy, ey qoʻli qon shahar!
Oʻtaketgan makkor, oʻljaga toʻlgan shahar!
U yerdagi qotilliklar hech tugamas!
2 Quloqqa chalinar qamchilarning vizillashi,
Gʻildiraklarning taraq–turugʻi,
Yelayotgan ot tuyoqlarining tovushi,
Jang aravalarining gumburlashi!
3 Jangga kirmoqda otliq sipohlar,
Yalt–yult etmoqda qilichlar,
Yarqiramoqda nayzalar,
Uyilib ketdi oʻliklar,
Uyum–uyum boʻldi jasadlar,
Murdalarning son–sanogʻi yoʻq.
Qoqilishar jasadlarga odamlar!
4 Ey Naynavo , oʻzingni buzuq fohishaday tutding,
Suyuqoyoq jodugarday odamlarni rom qilding,
Buzuqliging bilan xalqlarni qul qilding,
Sehr–jodularing bilan oʻzingga ogʻdirding.
5 “Men senga qarshiman!
— deb aytmoqda Sarvari Olam. —
Men koʻylagingni koʻtarib,
Xalqlarga yalangʻoch tanangni koʻrsataman,
Ellar oldida sharmandangni chiqaraman.
6 Ustingdan axlat yogʻdirib, seni xoʻrlayman.
Odamlarga seni tomosha qildiraman.
7 Seni koʻrganlar orqaga chekinib, shunday deyishar:
«Naynavo vayron boʻldi!
Kim unga achinar ekan?!»
Seni yupatadigan hech kim yoʻq!”
8 Noʻ–Omon shahridan sening ortiq joying bormidi?!
Oʻsha shahar Nil daryosi boʻyida joylashgandi,
Suvlar qurshovida turgandi,
Daryo — uning istehkomi,
Suvlar — himoyasi boʻlgandi.
9 Habashistonu Misr uning ustidan hukmronlik qilardi,
Kuchining chek–chegarasi yoʻq edi.
Liviya bilan Lub uning ittifoqdoshlari edi.
10 Shunday boʻlsa–da,
Noʻ–Omon shahrining aholisi surgun qilindi,
Odamlari asirlikka olib ketildi,
Har bir koʻchaning boshida
Toshga urib oʻldirildi goʻdaklari,
Aslzodalari uchun qurʼa tashlandi,
Barcha zodagonlari zanjirband boʻldi.
11 Ey Naynavo, sen ham mast boʻlib, gandiraklab qolasan ,
Bekinasan, dushmanlaringdan qochib, panoh izlaysan.
12 Sening hamma qalʼalaring
Mevasi pishgan anjir daraxtiga oʻxshar.
Anjirni silkitsang,
Anjirlar xoʻrandaning ogʻziga tushar.
13 Lashkaringga bir qarasang–chi!
Xotin kishidan farqi yoʻq–ku ularning.
Yurtingning darvozalari yov uchun keng ochildi,
Darvozalarning tambalarini olov yoʻq qildi.
14 Qamalga tayyorlangin!
Suvga toʻldir idishlaringni!
Mustahkamla qoʻrgʻonlaringni!
Oyoq bilan ezgin loyni,
Tayyorla tezroq qoliplaringni!
15 Baribir olov seni yamlab yuborar,
Chigirtka ekinlarni qirtishlaganday,
Qilich seni qirib tashlar.
Chigirtkaday koʻpayaver!
16 Savdogarlaringni osmondagi yulduzlardan ham koʻp qilding,
Biroq ular chigirtkaday yurtingni talashar,
Soʻng qanot qoqib uchib ketishar.
17 Sovuq kunda devorlarga qoʻnadigan,
Quyosh chiqqach esa uchib yoʻq boʻladigan
Chigirtkadaydir sening posbonlaring,
Chigirtka galasidaydir sening sarkardalaring.
Ular qayerga gʻoyib boʻlganini bilmaydi hech kim.
18 Ey Ossuriya shohi,
Rahnamolaringning koʻzi yumilgan,
Yoʻlboshchilaring abadiy uyquga ketgan,
Sening xalqing togʻlarga tarqalgan,
Ularni yigʻadigan biror kimsa yoʻq.
19 Sening yarangni davolab boʻlmas,
Jarohating halokatlidir.
Bu haqda xabar topgan hamma odamlar
Xursandligidan chapak chalar.
Zotan, hech kim cheksiz zulmingdan
Qochib qutula olmagan.