8–BOB
Iso 4000 kishini toʻydiradi
1 Oʻsha kunlarda yana koʻp odam yigʻildi. Ularning yeyish uchun hech narsalari qolmaganda, Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
2 — Xalqqa achinyapman. Ular uch kundan beri Men bilan birga, yeyishga hech narsasi yoʻq. 3 Agar ularni uylariga ovqat bermay joʻnatib yuborsam, yoʻlda holdan toyib qoladilar. Ularning baʼzilari uzoq yerlardan kelganlar.
4 Shogirdlari bunga javoban:
— Ularni toʻydirish uchun bu kimsasiz joyda kim qayerdan non topa olardi?! — deyishdi.
5 — Qancha nonlaringiz bor? — deb soʻradi Iso.
— Yettita, — dedi shogirdlar.
6 Shundan keyin Iso xalqqa yerga oʻtirishni buyurdi. Yettita nonni olib, shukrona duosini oʻqib sindirdi va tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi. 7 Ularda bir nechta mayda baliq ham bor edi. Iso baliqlar uchun shukurlar aytib, baliqlarni ham tarqatishni buyurdi. 8 Xalq yeb toʻydi. Ortib qolgan non burdalarini yigʻishganda, yettita savat toʻldi. 9 U yerda toʻrt mingga yaqin odam bor edi.
Iso ularni joʻnatgandan keyin, 10 darhol shogirdlari bilan qayiqqa tushib, Dalmanuta hududiga ketdi.
Farziylar Isodan alomat soʻrashadi
11 Farziylar Isoning oldiga borib, U bilan bahslasha boshladilar. Uni sinab koʻrish maqsadida shunday dedilar:
— Bizga bir moʻjizali alomat koʻrsating, shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz.
12 Lekin Iso chuqur xoʻrsindi:
— Nega bu avlod alomat talab qilyapti? Sizlarga chinini aytayin, bu avlodga hech qanday alomat berilmaydi!
13 Iso ularning oldidan ketdi, yana qayiqqa tushib, narigi qirgʻoqqa oʻtib oldi.
Iso shogirdlarini koyiydi
14 Shogirdlar oʻzlari bilan non olishni unutgan ekanlar. Qayiqda bir dona non bor edi, xolos. 15 Shu orada Iso shogirdlarini ogohlantirib dedi:
— Farziylar va Hirodning xamirturushidan ehtiyot boʻlinglar!
16 Shogirdlar oʻzlaricha: “Biz non olmaganimiz uchun U shunday deyapti”, deb muhokama qila boshladilar. 17 Shogirdlar nimani muhokama qilayotganlarini Iso bilib, ularga dedi:
— Nega sizlar, nonimiz yoʻq, deb aytyapsizlar? Hali ham tushunmayapsizlarmi, anglamayapsizlarmi? Imoningiz shunchalik sustmi?! 18 Koʻzlaringiz bor–ku, nahotki koʻrmasangiz?! Quloqlaringiz bor–ku, nahotki eshitmasangiz?! Eslab koʻring: 19 Men beshta nonni sindirib, besh mingta erkakka boʻlib berganimda, sizlar qolgan non burdalari bilan nechta savatni toʻldirib olgansizlar?
— Oʻn ikkita savatni, — deb javob berdi ular.
20 — Men yettita nonni sindirib, toʻrt ming kishiga boʻlib berganimda, burdalari bilan nechta savatni toʻldirib olgansizlar?
— Yettita savatni, — deyishdi.
21 — Hali ham anglamadingizmi? — deb soʻradi ulardan Iso.
Iso koʻrni sogʻaytiradi
22 Iso shogirdlari bilan Baytsayda shahriga keldi. Odamlar Isoning oldiga bir koʻrni olib kelib: “Unga qoʻlingizni tekkizib qoʻying”, deb yolvordilar. 23 Iso koʻrning qoʻlidan ushlab, shahardan yetaklab olib chiqdi. Soʻng koʻzlariga tupurib, qoʻllarini uning ustiga qoʻydi–da:
— Biron narsa koʻryapsanmi? — deb soʻradi. 24 Koʻr boshini koʻtarib:
— Odamlarni koʻryapman, lekin ular yurayotgan daraxtlarga oʻxshaydi, — dedi.
25 Shundan keyin Iso qoʻllarini yana koʻrning koʻzlariga tekkizdi . Koʻr odam koʻzlarini ochib qarasa, sogʻayib qolgan, hamma narsani aniq koʻrayotgan edi. 26 Iso uni uyiga joʻnatar ekan:
— Qishloqqa kirmay, toʻgʻri uyingga ket , — dedi.
Butrus Masihni tan oladi
27 Iso shogirdlari bilan Filip Qaysariyasi atrofidagi qishloqlarga yoʻl oldi. Yoʻlda U shogirdlaridan:
— Odamlar Meni kim deb biladi? — deb soʻradi. 28 Shogirdlar Isoga shunday javob berishdi:
— Baʼzilar Sizni Yahyo choʻmdiruvchi deb hisoblaydilar, baʼzilar Ilyos , boshqalari esa, qadimgi paygʻambarlardan biri, deb aytib yuribdilar.
29 Iso ulardan soʻradi:
— Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz?
Butrus Unga javob berib:
— Siz Masihsiz , — dedi.
30 Shundan soʻng Iso, Men haqimda hech kimga gapirmanglar, deb shogirdlariga qatʼiy buyurdi.
Iso Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
31 Iso shogirdlariga shunday deb uqtira boshladi: “Inson Oʻgʻli koʻp azob chekadi. Yoʻlboshchilar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari tomonidan rad qilinib, oʻldiriladi. Uchinchi kuni esa tiriladi.” 32 U bu haqda ochiqdan–ochiq gapirdi. Shunda Butrus Isoni chetga tortib:
— Ustoz, bunday deb aytmang, — dedi. 33 Ammo Iso oʻgirilib shogirdlariga qaradi–da, Butrusni qattiq koyib dedi:
— Yoʻqol koʻzimdan, shayton! Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini oʻylayapsan.
34 Shundan soʻng Iso xalq bilan shogirdlarini oldiga chaqirib dedi:
— Kimda–kim Menga ergashishni istasa, oʻzidan kechsin va oʻz xochini koʻtarib , ortimdan yursin. 35 Kim oʻz jonini asrab qolmoqchi boʻlsa, uni yoʻqotadi. Kim Men uchun va Xushxabar uchun jonini bersa, jonini asrab qoladi. 36 Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, oʻz jonidan mahrum boʻlsa, bundan unga nima foyda?! 37 Inson oʻz joni evaziga qanday toʻlov bera oladi?! 38 Bu bevafo va gunohkor nasl orasida Mendan va Mening soʻzlarimdan uyalmanglar! Aks holda, Inson Oʻgʻli muqaddas farishtalar bilan birga Otasining ulugʻvorligiga burkanib kelganda, U ham sizlardan uyaladi.