5–BOB
Haqiqiy baxtiyorlik
1 Iso katta bir olomonni koʻrib, toqqa chiqib oʻtirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi. 2 Iso shogirdlariga taʼlim berib, gap boshladi:

3 “Ruhan kambagʻal boʻlganlar baxtlidir,
Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
4 Yigʻlayotganlar baxtlidir,
Chunki ular tasalli topadilar.
5 Kamtarin boʻlganlar baxtlidir,
Chunki ular yer yuziga ega boʻladilar.
6 Adolatga tashna boʻlganlar baxtlidir,
Chunki Xudo ularni qondiradi.
7 Rahmdil boʻlganlar baxtlidir,
Chunki ular rahm–shafqat topadilar.
8 Pokdil boʻlganlar baxtlidir,
Chunki ular Xudoni koʻradilar.
9 Tinchlik oʻrnatuvchilar baxtlidir,
Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar.
10 Xudoning yoʻlidan yurgani uchun
Quvgʻin boʻlganlar baxtlidir,
Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.

11 Odamlar Men tufayli sizlarni haqoratlab quvgʻin qilganlarida, sizlar haqingizda yolgʻon gapirib tuhmat qilganlarida, baxtlisizlar! 12 Sevininglar, xursand boʻlinglar. Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir, sizdan avval oʻtgan paygʻambarlar ham xuddi shunday quvgʻin boʻlganlar.
Tuz va nur haqida
13 Sizlar yerning tuzisizlar. Lekin tuz oʻz taʼmini yoʻqotsa, uni yana qanday shoʻr qilib boʻladi?! Bunday tuz boshqa hech narsaga yaramaydi, uni oyoq ostiga tashlab yuborishadi.
14 Sizlar dunyoning nurisizlar. Tepalikka qurilgan shaharni koʻzdan pinhon tutib boʻlmaydi. 15 Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qoʻymaydi. Aksincha, uni chiroqpoyaga qoʻyishadi, shunda chiroq uydagilarning hammasiga yorugʻlik beradi. 16 Sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni koʻrib, osmondagi Otangizni ulugʻlasinlar.
Musoning qonuni haqida
17 Meni, Tavrot yoki paygʻambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb oʻylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. 18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta oʻchadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi. 19 Shu bois kim bu amrlarning eng kichigiga ham rioya qilmay, uni boshqalarga buzib oʻrgatsa, Osmon Shohligida eng kichik boʻladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib, boshqalarga oʻrgatsa, Osmon Shohligida buyuk boʻladi. 20 Sizlarga aytib qoʻyay: agar sizlarning solihligingiz Tavrot tafsirchilari va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, sizlar hech qachon Osmon Shohligiga kirolmaysizlar.
Gʻazab va jazo haqida
21 Ajdodlarimizga shunday aytilganini eshitgansizlar: «Qotillik qilma . Qotillik qilgan odam hukm qilinadi.» 22 Lekin Men sizlarga aytaman: oʻz yaqinidan hatto gʻazablangan odam ham hukm qilinadi. Yaqinini haqoratlagan odam oliy mahkamada javob beradi. Yaqiniga: «Ahmoqsan» degan odam esa, doʻzax oloviga tashlanadi.
23 Shunday ekan, siz ehsoningizni qurbongohga olib kelganingizda, yaqiningiz nimadandir sizdan xafa ekanligi yodingizga tushsa, 24 ehsoningizni qurbongoh oldida qoldiring. Birinchi navbatda borib, yaqiningiz bilan yarashing, keyin kelib, ehsoningizni nazr qiling.
25 Birov sizni ayblab qozixonaga olib borsa, vaqtni boy bermay, yoʻldayoq ayblovchingiz bilan kelishib oling. Aks holda, ayblovchingiz sizni qozi oldiga olib boradi, qozi esa sizni mirshabga topshiradi. Sizni zindonga tashlashadi. 26 Sizlarga chinini aytay: oxirgi tiyiningizni toʻlamaguningizcha, u yerdan chiqolmaysiz.
Zino va ajralish haqida
27 «Zino qilma» , — deb aytilganini ham eshitgansizlar. 28 Lekin Men sizlarga aytaman: agar siz ayolga shahvat bilan qarasangiz, xayolingizda u bilan zino qilgan boʻlasiz. 29 Bordi–yu, oʻng koʻzingiz gunoh qilishingizga sababchi boʻlsa, uni oʻyib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz doʻzaxga tashlangandan koʻra, aʼzolaringizdan bittasi yoʻq boʻlgani siz uchun yaxshiroqdir. 30 Agar oʻng qoʻlingiz gunoh qilishingizga sababchi boʻlsa, uni kesib tashlab, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz doʻzaxga yoʻliqqandan koʻra, aʼzolaringizdan bittasi yoʻq boʻlgani siz uchun yaxshiroqdir.
31 Yana deyilganki: «Kim xotini bilan ajrashmoqchi boʻlsa, unga taloq xatini yozib bersin.» 32 Lekin Men sizlarga aytaman : kim bevafolik aybidan boshqa sabab tufayli oʻz xotini bilan ajrashsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajrashgan xotinga uylansa, zino qilgan boʻladi.
Qasam haqida
33 Ajdodlarimizga: «Ichgan qasamingdan qaytma. Egamizga bergan vaʼdalaringni bajargin» , deb aytilganini ham eshitgansizlar. 34 Lekin Men sizlarga aytaman: umuman qasam ichmanglar. «Osmon haqi», deya qasam ichmanglar, chunki osmon Xudoning taxtidir. 35 «Yer haqi», deya qasam ichmanglar, chunki yer Xudoning poyandozidir. «Quddus haqi», deya ham qasam ichmanglar, chunki Quddus buyuk Shohning shahridir. 36 Boshingiz haqi ham qasam ichmanglar, chunki oʻzlaringiz sochingizning bir tolasini ham oq yoki qora qila olmaysiz. 37 Sizlarning soʻzingiz faqat «ha» yoki «yoʻq» boʻlsin. Bundan ortigʻi esa yovuz shaytondandir.
Yomonlikni yaxshilik bilan yengish haqida
38 Sizlar: «Koʻz evaziga koʻz, tish evaziga tish» , — deb aytilganini ham eshitgansizlar. 39 Lekin Men sizlarga aytaman: sizga yomonlik qilgan odamga qarshilik koʻrsatmang. Agar kimdir oʻng chakkangizga ursa, unga chapini ham tuting. 40 Kim siz bilan daʼvolashib, koʻylagingizni olmoqchi boʻlsa, unga toʻningizni ham berib yuboring. 41 Birov sizni bir chaqirim yoʻl yurishga majbur qilsa, u bilan birga ikki chaqirim yuring. 42 Sizdan soʻraganga bering, sizdan qarz olmoqchi boʻlgandan yuz oʻgirmang.
Dushmanlaringizni yaxshi koʻringlar
43 «Yaqiningni sevgin , dushmaningdan nafratlan», deb aytilganini ham eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi koʻringlar. Sizlarni quvgʻin qilganlar uchun ibodat qilinglar . 45 Shunda siz osmondagi Otangizning farzandlari boʻlasizlar. Chunki U Oʻz quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomgʻirini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yogʻdiradi. 46 Agar sizni sevganlarnigina yaxshi koʻrsangiz, sizlarga qanday mukofot boʻladi? Axir, soliqchilar ham shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat oʻz yaqinlaringiz bilan salomlashsangiz, boshqalardan nima farqingiz qoladi?! Axir, butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi?! 48 Osmondagi Otangiz barkamol boʻlgani kabi, sizlar ham barkamol boʻlinglar.