22–BOB
Toʻy ziyofati haqida masal
1 Iso odamlarga yana masallar bilan gapira boshladi:
2 “Osmon Shohligini oʻgʻliga toʻy ziyofati bergan shohga qiyoslasa boʻladi. 3 Shoh toʻyga taklif etilgan mehmonlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Mehmonlar esa kelishni xohlamabdilar. 4 Shoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib, shunday debdi:
— Taklif etilganlarga aytinglar: men ziyofat dasturxonini tayyorlab qoʻydim, buqayu boʻrdoqilarim soʻyildi, hammasi tayyor. Toʻyga kelaveringlar!
5 Biroq ular bu taklifni ham nazarga ilmabdilar, biri dalasiga, boshqasi oʻz ishiga ketibdi. 6 Qolganlar esa shoh xizmatkorlarini tutib, xoʻrlab, oʻldirishibdi. 7 Shoh buni eshitib, gʻazablanibdi. Lashkarini yuborib, qotillarni qatl qildiribdi, shaharlarini esa yondirib kul qilibdi. 8 Shundan keyin u xizmatkorlariga aytibdi:
— Toʻy ziyofati tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar. 9 Shuning uchun chorrahalarga boringlar, kimni koʻrsangiz, toʻy ziyofatiga taklif qilinglar.
10 Xizmatkorlar yoʻlga chiqib, uchratganlarining hammasini — yomonlarni ham, yaxshilarni ham yigʻib kelibdilar. Xullas, toʻyxona mehmonlarga toʻlibdi.
11 Shoh mehmonlarni koʻrish uchun kirganda, u yerda toʻy kiyimini kiymagan bir odamni koʻribdi 12 va undan:
— Doʻstim, toʻy kiyimisiz bu yerga qanday kirdingiz? — deb soʻrabdi, u hech qanday javob bera olmabdi. 13 Shunda shoh xizmatkorlariga aytibdi:
— Bu odamning qoʻl–oyoqlarini bogʻlab, tashqariga, qorongʻilikka tashlanglar. U yerda u qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi.
14 Axir, daʼvat etilganlar koʻp, ammo tanlanganlar ozdir.”
Soliq toʻlash haqida savol
15 Shunda farziylar kelib, Isoni tilidan ilintirish uchun reja tuzdilar. 16 Ular oʻz shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi.
— Ustoz, — deyishdi ular, — Siz odil ekaningizni bilamiz. Siz Xudoning yoʻlini toʻgʻri oʻrgatasiz. Biror kishiga xushomadgoʻylik, yuz–xotirchilik qilmaysiz. 17 Bizga ayting–chi, Qaysarga soliq toʻlashimiz toʻgʻrimi yoki yoʻqmi?
18 Ammo Iso ularning niyati yomon ekanini bilib turardi. U shunday dedi:
— Hoy ikkiyuzlamachilar! Nima, Meni sinab koʻrmoqchimisizlar? 19 Soliqqa toʻlanadigan tangani Menga koʻrsatinglar.
Ular Isoga bir dinor keltirdilar.
20 — Bu surat va yozuv kimniki? — deb soʻradi Iso.
21 — Qaysarniki, — deb javob berdi ular.
— Unday boʻlsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, — dedi Iso.
22 Ular buni eshitib lol qoldilar. Isoni oʻz holiga qoʻyib, qaytib ketdilar.
Oʻliklarning tirilishi haqida savol
23 Sadduqiylar oʻliklarning tirilishini inkor etardilar. Ularning baʼzilari oʻsha kuni Isoning oldiga kelib, shunday savol berdilar:
24 — Ustoz! Muso aytgan ediki : “Agar odam farzand koʻrmay oʻlib ketsa, marhumning ukasi akasining xotiniga uylanib, akasi uchun farzandni dunyoga keltirsin.” 25 Xoʻsh, bizda yetti aka–uka bor edi. Birinchisi uylandi, ammo farzand koʻrmay olamdan oʻtdi, xotini esa ukasiga qoldi. 26 Ikkinchi, uchinchi, hatto yettinchisigacha, hammasining boshiga shu koʻrgilik tushdi. 27 Oxirida xotin ham qazo qildi. 28 Ayting–chi, Xudo odamlarni tiriltirganda xotin yettovidan qaysi birining xotini hisoblanadi? Axir, hammasi unga uylangan edi–ku.
29 Iso ularga shunday javob berdi:
— Sizlar Muqaddas bitiklarni ham, Xudoning qudratini ham bilmaysizlar, ana shu sababdan adashyapsizlar. 30 Oʻliklar tirilganda uylanmaydilar, erga ham tegmaydilar, balki bamisoli samodagi farishtalarday boʻladilar. 31 Oʻliklarning tirilishi haqidagi masalaga kelsak: nahotki Xudoning sizlarga aytgan gaplarini hech qachon oʻqimagan boʻlsangizlar?! 32 U: “Men Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosiman” , — degan–ku! Axir, Xudo oʻliklarning emas, tiriklarning Xudosidir.
33 Olomon buni eshitib, Isoning taʼlimotidan hayratda qoldi.
Eng buyuk amr
34 Iso sadduqiylarni mot qilib qoʻyganini eshitib, farziylar bir joyga yigʻildilar. 35 Isoni sinash maqsadida ulardan biri — Tavrot tafsirchisi Unga shunday savol berdi:
36 — Ustoz, Tavrotdagi qaysi amr eng buyuk?
37 Iso unga dedi:
— “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving.” 38 Bu birinchi va eng buyuk amr. 39 Ikkinchisi esa shunga oʻxshashdir: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.” 40 Butun Tavrot va paygʻambarlarning hamma bitiklari mana shu ikki amrga tayanadi.
Masih kimning oʻgʻli?
41 Farziylar yigʻilishganda, Iso ulardan soʻradi:
42 — Masih haqida nima deb oʻylaysizlar? U kimning oʻgʻli?
— Dovudning Oʻgʻli , — deb javob berdi ular. 43 Iso ularga dedi:
— Unday boʻlsa, qanday qilib Dovud Muqaddas Ruh orqali Masihni Rabbim deb aytadi? Dovud shunday degan edi:
44 “Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin.”
45 Agar Dovud Masihni Rabbim deb atagan boʻlsa, qanday qilib Masih Dovudning Oʻgʻli boʻladi?!
46 Isoning savoliga hech kim javob bera olmadi. Oʻsha kundan boshlab hech kim Unga savol berishga jurʼat etolmaydigan boʻldi.