12–BOB
Shabbat kuniga rioya qilish haqida
1 Oradan koʻp oʻtmay Iso Shabbat kuni bugʻdoyzordan oʻtib borayotgan edi. Och qolgan shogirdlari boshoqlardan uzib, donlarini yeyardilar . 2 Farziylar buni koʻrib, Isoga:
— Qara, shogirdlaring Shabbat kuni qonunga xilof ish qilyaptilar! — deyishdi.
3 Iso ularga dedi:
— Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech oʻqimagan boʻlsangizlar?! 4 U Xudoning uyiga kirib, muqaddas nonlarni yegan. Qonunga muvofiq esa bunday nonlarni faqat ruhoniylar yeyishga haqli edilar. Dovudga va uning hamrohlariga bunday nonlarni yeyish taqiqlangan edi! 5 Yoki Shabbat kunida Maʼbaddagi ruhoniylar Shabbat qonunini buzsalar ham, aybdor boʻlmasliklarini Tavrotda oʻqimaganmisizlar? 6 Sizlarga shuni aytay: bu yerda Maʼbaddan ham ulugʻ bir Zot turibdi. 7 Agar sizlar: “Men qurbonlikni emas, rahm–shafqatni istayman” degan soʻzlarning maʼnosini tushunganingizda edi, aybsiz odamlarni hukm qilmagan boʻlar edingizlar. 8 Zotan, Inson Oʻgʻli Shabbat kunining ham Hokimidir.
9 Iso u yerdan ketib, sinagogaga bordi. 10 U yerda qoʻli shol bir odam bor edi. Isoni ayblamoqchi boʻlgan baʼzi odamlar Unga shunday savol berdilar:
— Qonunga koʻra, Shabbat kuni xastalarga shifo berish mumkinmi?
11 Iso ularga shunday javob berdi:
— Agar bir dona qoʻyingiz boʻlsa–yu, oʻsha qoʻyingiz Shabbat kuni chuqurga tushib ketsa, uni chiqarib olmasmidingiz?! 12 Odam esa qoʻydan ancha qadrliroq–ku! Shunga koʻra, Shabbat kuni yaxshilik qilish qonunga muvofiqdir.
13 Qoʻli shol odamga Iso:
— Qoʻlingni uzat! — dedi. U qoʻlini uzatishi bilanoq, qoʻli narigi qoʻliday soppa–sogʻ boʻlib qoldi. 14 Farziylar esa tashqariga chiqib, Isoni halok qilish uchun til biriktirishdi.
Iso — Egamiz tanlagan Qul
Iso farziylarning bu niyatini bilib, u yerdan ketdi. 15 Bir talay olomon Isoga ergashdi. U xastalarning hammasiga shifo berib, 16 “Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga buyurardi. 17 Shu tariqa Ishayo paygʻambarning aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻldi:

18 “Mana Mening Qulim,
Oʻzim Uni tanlab olganman.
U koʻnglimni mamnun etgan Suyukligimdir.
Men Unga Oʻz Ruhimni beraman,
U adolatni elatlarga eʼlon qiladi.
19 Janjallashmaydi, baqirmaydi,
Koʻchalarda hech kim Uning ovozini eshitmaydi.
20 U ezilgan qamishni sindirmaydi,
Tutayotgan pilikni oʻchirmaydi,
Qatʼiyat bilan adolat oʻrnatadi.
21 Elatlar Uning ismiga umid bogʻlaydi.”
Iso va shayton
22 Shundan keyin Isoning oldiga jin chalgan bir odamni olib kelishdi. U ham koʻr, ham soqov edi. Iso unga shifo bergach, u gapiradigan va koʻradigan boʻldi. 23 Butun xalq hayratda qolib: “Bu Dovudning Oʻgʻli emasmikan?!” derdi. 24 Bu voqeani eshitgan farziylar esa shunday dedilar: “U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.”
25 Iso ularning nima haqida oʻylayotganini bilib turardi. U shunday dedi: “Nizo tufayli oʻz ichidan boʻlinib ketgan har bir shohlik xarob boʻladi, nizo tufayli boʻlingan shahar ham, xonadon ham barbod boʻladi. 26 Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, uning shohligi oʻzaro boʻlingan boʻladi. Bunday shohlik qanday tura oladi?! 27 Agar Men jinlarni Baalzabulning kuchi bilan quvib chiqarayotgan boʻlsam, u holda oʻz sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham ular sizlarni hukm qiladi. 28 Agar Men jinlarni Xudoning Ruhi bilan quvayotgan boʻlsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.
29 Kim kuchli odamning uyiga bostirib kirib, uning mol–mulkini talon–taroj qila oladi? Avval u uyning egasini bogʻlab qoʻyishi kerak, keyingina uyini talon–taroj qila oladi. 30 Kim Men tomonda boʻlmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yigʻmasa, sochadi.
31 Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar kechirilmaydi. 32 Kim Inson Oʻgʻliga qarshi soʻz aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi soʻz aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
33 Yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. Har bir daraxtning qandayligini mevasidan bilsa boʻladi. 34 Voy ilonlar zoti! Sizlar yovuz boʻla turib, yaxshi narsa gapira olarmidingiz?! Axir, odamning dili nimaga toʻlib–toshsa, oʻsha tiliga chiqadi! 35 Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. 36 Yana shuni aytib qoʻyay: sizlar aytadigan har bir bemaʼni soʻzingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar. 37 Sizlar oʻz soʻzlaringiz asosida yo oqlanasizlar, yoki ayblanasizlar.”
Yunus paygʻambarning alomati
38 Shunda Tavrot tafsirchilari va farziylardan baʼzilari Isoga: “Ustoz, bizga bir alomat koʻrsatishingizni xohlar edik”, dedilar.
39 Iso ularga javoban dedi: “Bu qabih va bevafo nasl alomat soʻrayapti, ammo ularga Yunus paygʻambarning alomatidan boshqa alomat berilmaydi. 40 Yunus uch kechayu kunduz nahang baliqning qornida boʻlganiday, Inson Oʻgʻli ham uch kechayu kunduz yer bagʻrida boʻladi. 41 Naynavo aholisi qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki Naynavoliklar Yunusning vaʼzidan keyin tavba qilganlar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi! 42 Janub malikasi qiyomat kunida oʻrnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki Sulaymonning dono taʼlimotini tinglagani malika dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi!
43 Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur–halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi, lekin topmaydi. 44 Soʻng: «Chiqqan uyimga qaytib boraman», deydi. Uyiga kelganda, uyni kimsasiz, supurilgan va yigʻishtirilgan holda koʻradi. 45 Shunda borib, oʻzidan ham yovuzroq boshqa yetti ruhni ergashtirib keladi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat oʻsha odamning ahvoli oldingidan ham battar boʻladi. Bu yovuz nasl ham xuddi oʻsha koʻyga tushadi.”
Isoning onasi va ukalari
46 Iso olomonga gapirayotganda, onasi bilan ukalari Uni tashqarida kutib turgan edilar. Ular Iso bilan gaplashmoqchi edilar. 47 Kimdir Isoga dedi:
— Onangiz bilan ukalaringiz tashqarida turishibdi, ular Siz bilan gaplashmoqchi.
48 Iso esa bu gaplarni aytgan odamga shunday javob berdi:
— Mening onam kim? Ukalarim kim?
49 Soʻng qoʻli bilan shogirdlarini koʻrsatib, dedi:
— Mana, Mening onam va ukalarim! 50 Osmondagi Otamning irodasini bajo keltirganlar Mening ukam, singlim va onam boʻladi.