4–BOB
Egamizning kuni yaqinlashib qoldi
1 Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, Egangizning kuni yaqinlashib qoldi. Oʻsha kun lovullagan tandirday boʻladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi goʻyo xas–choʻpdir. Kelayotgan oʻsha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.
2 Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qoʻrqadiganlar, najot quyosh kabi koʻtariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Ogʻilxonadan qoʻyib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar. 3 Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan oʻsha kunda ular oyogʻingiz ostidagi tuproqday boʻladi, — deydi Sarvari Olam. 4 — Qulim Musoning koʻrsatmalarini eslang. Unga Sinay togʻida butun Isroil xalqi uchun bergan odil qonun–qoidalarimni esga oling. 5 Mana, Men, Egangizning ulugʻ va dahshatli kuni kelishidan oldin, oldingizga Ilyos paygʻambarni yuboryapman. 6 Ilyos otalarning yuraklarini farzandlariga, farzandlarning yuraklarini esa otalariga moyil qiladi. Toki Men yurtni laʼnatlab yoʻq qilmayin.”