4–BOB
Bilmasdan qilingan gunoh uchun nazrlar
1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar birorta odam Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, quyidagicha ish tutsin: 3 moy surtib tanlangan ruhoniy gunoh qilib qoʻysa, u butun xalqni aybdor qilib qoʻygan boʻladi. U qilgan gunohi uchun nuqsonsiz buqani gunoh qurbonligi sifatida Egamizga keltirsin. 4 Buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, qoʻlini buqaning boshiga qoʻysin. Soʻng buqani oʻsha yerda — Egamizning huzurida soʻysin. 5 Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan olib, Uchrashuv chodiriga olib kirsin. 6 U barmogʻini qonga botirib, qonni Egamizning huzurida, Eng muqaddas xonani toʻsib turgan ichki parda tomonga yetti marta sachratsin. 7 Soʻng qonni Egamizning huzurida Uchrashuv chodiridagi xushboʻy tutatqi qurbongohining shoxlariga surtsin. Buqaning ortgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga toʻksin. 8 Gunoh qurbonligi qilingan buqaning hamma yogʻlarini ajratib olsin: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 9 ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarni va jigarning aʼlo qismini . Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 10 Tinchlik qurbonligining yogʻlari qanday ajratib olinsa, gunoh qurbonligining yogʻlari ham shu usulda ajratib olinsin. Ruhoniy yogʻlarni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh ustida kuydirsin. 11 Buqaning qolgan qismlarini: terisini, goʻshtini, kallasini, oyoqlarini va ichak–chovoqlarini 12 qarorgohning tashqarisidagi kul toʻkiladigan halol joyga olib chiqib, oʻtinlar ustida kuydirsin.
13 Agar butun jamoa Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib, gunoh orttirib olsa, ular bundan xabarsiz boʻlgan taqdirda ham, baribir aybdor boʻladilar. 14 Qilgan gunohlari fosh boʻlgandan keyin, ular butun jamoa nomidan gunoh qurbonligi qilish uchun buqani Uchrashuv chodiri oldiga olib kelishsin. 15 Jamoa oqsoqollari buqaning boshiga qoʻllarini qoʻyib, uni oʻsha yerda — Egamizning huzurida soʻyishsin. 16 Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan Uchrashuv chodiriga olib kirsin. 17 U barmogʻini qonga botirib, qonni Egamizning huzurida ichki parda tomonga yetti marta sachratsin. 18 Soʻng Egamizning huzurida turgan Uchrashuv chodiridagi tutatqi qurbongohining shoxlariga qondan surtsin. Buqaning qolgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga toʻksin. 19 Keyin buqaning yogʻlarini ajratib olib, qurbongoh ustida kuydirsin. 20 Ruhoniyning gunohi uchun keltirilgan buqani nima qilgan boʻlsa, bu buqani ham oʻshanday qilsin. Shu yoʻsinda ruhoniy jamoani gunohdan poklasin, shunda ularning gunohi kechiriladi. 21 Soʻng ruhoniy buqaning qolgan qismlarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib, oldingi buqani kuydirganday kuydirsin. Jamoaning gunohi uchun keltiriladigan qurbonlik shudir.
22 Agar hukmdor oʻz Egasi Xudoning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, u aybdor boʻladi. 23 Qilgan gunohi fosh boʻlgandan keyin, u nuqsonsiz bir takani qurbonlik qilish uchun olib kelsin. 24 Soʻng qoʻlini takaning boshiga qoʻyib, takani Egamizning huzurida, kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. Bu gunoh qurbonligidir. 25 Ruhoniy barmogʻini gunoh qurbonligi qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. 26 Soʻng taka yogʻining hammasini tinchlik qurbonligining yogʻini kuydirganday, qurbongoh ustida kuydirsin. Ruhoniy shu tariqa hukmdorni gunohdan poklasin, shunda hukmdorning gunohi kechiriladi.
27 Agar jamoa aʼzosi Egamizning amriga koʻra taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qoʻyib, gunoh orttirib olsa, u aybdor boʻladi. 28 Qilgan gunohi fosh boʻlgandan keyin, nuqsonsiz echkini qurbonlik qilish uchun olib kelsin. 29 U qoʻlini gunoh qurbonligining boshiga qoʻysin, soʻng uni kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. 30 Ruhoniy barmogʻini qurbonlikning qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga toʻksin. 31 Tinchlik qurbonligining yogʻi ajratib olinganday, echkining yogʻlarini ajratib olsin. Egamizga yoqimli hid borishi uchun yogʻni qurbongoh ustida kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohidan poklasin, shunda oʻsha odamning gunohi kechiriladi.
32 Agar jamoa aʼzosi qoʻyni gunoh qurbonligi qilmoqchi boʻlsa, nuqsonsiz sovliqni olib kelsin. 33 U qoʻlini gunoh qurbonligining boshiga qoʻysin, soʻng uni kuydiriladigan qurbonliklar boʻgʻizlanadigan joyda soʻysin. 34 Ruhoniy oʻz barmogʻini gunoh qurbonligining qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qolgan qonni esa qurbongohning yoniga toʻksin. 35 Tinchlik qurbonligi qilingan qoʻyning yogʻi qanday ajratib olinsa, bu qurbonlikning ham yogʻlarini xuddi shunday qilib ajratib olsin. Soʻng bularni qurbongoh ustida, Egamizga keltirilgan nazrlar bilan birga olovda kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohdan poklasin, shunda uning gunohi kechiriladi.