24–BOB
Moychiroqlar
1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga quyidagi amrlarni berdi: toza zaytun moyidan olib kelinglar. Toki moychiroqlar har doim tun boʻyi yonib tursin. 3 Horun moychiroqlarni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻini toʻsib turgan ichki parda oldiga oʻrnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida oqshomdan ertalabgacha oʻchmay yonib tursin. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 4 Horun moychiroqlarni toza oltindan yasalgan chiroqpoyaga oʻrnatsin. Moychiroqlar Egamizning huzurida doimo tun boʻyi yonib tursin.
Xudoga nazr qilinadigan nonlar
5 Sifatli undan oʻn ikkita non yop. Har bir non sakkiz kosa undan yopilgan boʻlsin. 6 Nonlarni Egamiz huzuridagi toza oltindan yasalgan xontaxta ustiga ikki qator qilib ter. Har bir qatorda oltitadan non boʻlsin. 7 Har bir qatorga toza xushboʻy tutatqidan qoʻy. Bu xushboʻy tutatqi nonning oʻrniga olovda kuydirilib, Egamizga nazr qilinadi. 8 Horun nonlarni doimiy tarzda, har Shabbat kuni Isroil xalqi nomidan Egamiz oldiga qoʻysin. Bu Isroil xalqining abadiy majburiyatidir. 9 Bu nonlar Horun va uning avlodiniki boʻlsin. Ular bu nonlarni muqaddas joyda tanovul qilishsin . Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga berilgan doimiy ulush shudir, u gʻoyat muqaddasdir.
Toʻgʻri va adolatli hukmning misoli
10-11 Dan qabilasidan boʻlgan Dibri qizi Shalumit Misrlik bir kishiga turmushga chiqqan edi. Ularning bir oʻgʻli bor edi. Bir kuni oʻsha oʻgʻli Isroil xalqidan boʻlgan bir odam bilan janjallashib qoldi. Janjal paytida Shalumitning oʻgʻli qargʻanib, Xudoga shak keltirdi. Shunda uni Musoning oldiga olib kelishdi. 12 Egamizning hukmi maʼlum boʻlgunga qadar uni qamab qoʻyishdi.
13 Egamiz Musoga dedi: 14 “Shakkokni qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar. Shak keltirganini eshitganlarning hammasi qoʻlini uning boshiga qoʻysin, keyin butun jamoa uni toshboʻron qilsin. 15 Isroil xalqiga shu gapimni aytib qoʻy: «Meni qargʻagan har qanday odam jazoga tortilsin. 16 Men, Egangizga shak keltirgan odamning jazosi oʻlimdir. Butun jamoa uni toshboʻron qilsin. Oʻsha shakkok kim boʻlishidan qatʼi nazar, musofir boʻladimi yoki Isroil xalqidanmi, oʻldirilsin.
17 Odamning joniga qasd qilgan har qanday odam oʻldirilsin. 18 Birovning molini oʻldirib qoʻygan odam egasiga tovon toʻlasin. Bunday vaziyatda jon evaziga jon degan qoida qoʻllanilsin. 19 Agar kimdir birovga shikast yetkazsa, unga ham xuddi shunday shikast yetkazilsin. 20 Siniq evaziga siniq, koʻz evaziga koʻz, tish evaziga tish bilan javob qaytarilsin. Shikast yetkazganga xuddi shunday shikast yetkazilsin. 21 Jonivorni oʻldirgan tovon toʻlasin, odamni oʻldirgan esa oʻlim jazosini olsin. 22 Musofir uchun ham, Isroillik uchun ham qonun birdir. Men Egangiz Xudoman.»”
23 Muso bu soʻzlarni Isroil xalqiga aytib boʻlgach, xalq shakkokni qarorgoh tashqarisiga olib chiqib, toshboʻron qildi. Shunday qilib, Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etdi.