7–BOB
Oxunning gunohi
1 Ammo Isroil xalqi bagʻishlangan narsalar haqida Egamiz bergan amrni buzdi. Oxun ismli bir kishi bagʻishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan boʻlib, Zerax urugʻidan boʻlgan Zimrining nevarasi, Karmining oʻgʻli edi. Egamiz Isroil xalqidan qattiq gʻazablandi .
2 Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar. 3 Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki–uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora boʻlmasin”, dedilar. 4 Shunday qilib, uch mingtacha odam shaharga hujum qildi, lekin ular Ay aholisining oldiga tushib qochdilar. 5 Ayliklar shahardan chiqib, Isroil jangchilarini tosh qaziladigan joygacha quvib bordilar. Qir yon bagʻrida oʻttiz oltitacha Isroil odamlarini oʻldirdilar. Bu hodisadan keyin butun Isroil xalqining yuragi orqaga tortib ketdi.
6 Shunda Yoshua bilan Isroil oqsoqollari qaygʻudan kiyimlarini yirtib, boshlariga tuproq sochdilar. Egamizning Sandigʻi oldida yerga muk tushishdi–da, kechgacha shu holda qolishdi. 7 Yoshua shunday dedi: “Ey Egamiz Rabbiy! Nima uchun bu xalqni Iordan daryosidan olib oʻtding? Nahotki bizlarni Amor xalqining qoʻliga berib, yoʻq qilish uchun shunday qilgan boʻlsang?! Biz Iordanning narigi tomonida qolaversak boʻlmasmidi?! 8 Ey Rabbiy, yana nima ham derdim, mana, Isroil xalqi dushmanlarining oldiga tushib qochdi. 9 Endi Kanʼon xalqlari va mana shu yerlar aholisining hammasi bu haqda eshitib bizni qurshab oladilar. Nomimizni yer yuzidan oʻchirib yuboradilar. Agar shunday boʻlsa, ulugʻvorligingni qanday qilib koʻrsatasan?”
10 Egamiz Yoshuaga dedi: “Oʻrningdan tur! Nima uchun muk tushib yotibsan? 11 Isroil xalqi gunoh qildi, ular bilan qilgan ahdimni buzdi. Ular Menga bagʻishlangan narsalardan oʻgʻirlab olishdi. Buning ustiga, aldab, oʻgʻirlangan narsalarni oʻzlarining narsalari orasiga yashirib qoʻydilar. 12 Shuning uchun Isroil xalqi dushmanlariga bas kela olmayapti. Chunki ularning oʻzi ham yoʻq qilinadigan, Menga bagʻishlangan narsaday boʻlib qolgan. Endi ular dushmanlariga magʻlub boʻlib qochadilar. Menga bagʻishlangan narsalarni orangizdan yoʻq qilmasangiz, Men sizlar bilan birga boʻlmayman.
13 Endi Isroil xalqini pokla. Ularga shunday degin: oʻzingizni ertangi kun uchun tayyorlab, poklang. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Ey Isroil, orangizda Menga bagʻishlangan narsalar bor. Orangizdagi shu narsalarni olib tashlamaguningizcha, dushmanlaringizga bas kela olmaysiz.»
14 Shuning uchun ertalab barcha qabilalar birma–bir Egamizning huzuriga kelishadi. Egamiz bir qabilani tanlaydi . Ana shu qabilaning urugʻlari ham birma–bir keladi. Egamiz ular orasidan bir urugʻni tanlaydi. Oʻsha urugʻning oilalari birma–bir kelishadi. Egamiz bir oilani tanlaydi. Oʻsha oilaning aʼzolari birma–bir keladi. 15 Laʼnatlangan narsalarni olgan odamni Egamizning Oʻzi koʻrsatadi. Oʻsha odam bor narsasi bilan olovda yondiriladi, chunki u Egamiz bilan qilingan ahdni buzib, Isroilda aql bovar qilmaydigan ish qildi.”
16 Shunday qilib, ertasi kuni tongda, Yoshuaning buyrugʻiga koʻra, Isroil qabilalari birma–bir Egamizning huzuriga kelishdi. Egamiz Yahudo qabilasini tanladi. 17 Endi Yahudo qabilasining urugʻlari birma–bir keldi, shunda Zerax urugʻi tanlandi. Zerax urugʻining oilalari birma–bir kelganda, Zimri oilasi tanlandi. 18 Zimri oila aʼzolari birma–bir kelishdi, Karmi oʻgʻli Oxun tanlandi. U Yahudo qabilasidan boʻlib, Zerax urugʻidan boʻlgan Zimrining nevarasi edi. 19 Yoshua Oxunga shunday dedi: “Oʻgʻlim, haqiqatni aytaman, deb Isroil xalqining Xudosi — Egamizning nomi bilan qasam ich, gunohingni tan olgin. Nima qilganingni yashirmay menga aytib ber.” 20 Oxun Yoshuaga shunday javob berdi: “Ha, toʻgʻri. Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qarshi gunoh qilgan menman. 21 Oʻsha kuni oʻlja orasida Shinardan keltirilgan chiroyli toʻnni, 500 misqol kumush va ogʻirligi 125 misqol keladigan bir boʻlak tillani koʻrib qoldim. Koʻnglim tusab, ularni oldim. Ularni chodirimning ichida yerga koʻmib qoʻyganman, kumush eng tagida.”
22 Yoshua bir nechta odamni yubordi. Ular chodirga yugurib borib qarashsa, u narsalar rostdan ham oʻsha yerda yashirilgan ekan. Ularning eng tagida kumush bor edi. 23 Ular narsalarni chodirdan olib, Yoshua va butun Isroil xalqiga olib kelishdi. Ular narsalarni Egamiz oldiga yoyib qoʻyishdi. 24 Keyin Yoshua va butun Isroil xalqi Zerax oʻgʻli Oxunni oʻgʻirlangan kumush, toʻn, tilla boʻlagi hamda oʻgʻil–qizlari, mol–qoʻylari, eshaklari, chodiriyu bor narsasi bilan birga Oxor soyligiga olib borishdi. 25 Yoshua: “Boshimizga rosa ham kulfat keltirding–ku. Mana endi bugun Egamiz sening boshingga ham kulfat keltiradi”, — dedi. Butun Isroil xalqi Oxunni va uning oilasini toshboʻron qilib oʻldirdi–da, ularning jasadlarini olovda kuydirdi. 26 Keyin ularning ustiga katta bir tosh uyumini toʻpladi, toshlar bugungacha oʻsha yerdadir. Shuning uchun ushbu yer oʻsha paytdan beri Oxor soyligi deb ataladi. Shundan keyin Egamiz gʻazabidan tushdi.