11–BOB
Isroil xalqi shimoldagi shohlarni magʻlub qiladi
1 Xazor shahrining shohi Yobin Yoshuaning gʻalabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yoʻvovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga, 2 shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila koʻlining janubidagi Iordan vodiysining shohlariga, gʻarbdagi qir etaklari va Nafoʻt–Doʻr shohlariga, 3 sharq va gʻarbdagi Kanʼon xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi Xermon togʻining etagida yashaydigan Xiv xalqiga. 4 Ular butun lashkarlari, juda koʻp otlariyu jang aravalarini toʻplab, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun yigʻilishdi. Ularning jangchilari dengiz qirgʻogʻidagi qumday son–sanoqsiz edi. 5 Isroil xalqi bilan jang qilishga mana shu shohlarning hammasi lashkarlarini birlashtirishdi. Ular Mirom suvlari oldida qarorgoh qurdilar.
6 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qoʻrqmagin! Men Oʻzim ularni Isroil xalqining qoʻliga beraman, ertaga shu paytda ularning hammasi oʻlgan boʻladi. Ularning otlarini mayib qilinglar, jang aravalarini yondiringlar.” 7 Yoshua oʻzining butun lashkari bilan Miromga borib, dushman qoʻshinlari ustiga toʻsatdan hujum qildi. 8 Egamiz Isroil lashkariga dushmanlari ustidan gʻalaba berdi. Isroil lashkari dushmanlarini shimol tomonda Buyuk Sidon va Misrafoʻt–Mayimgacha, sharq tomonda esa Mispax vodiysigacha quvib borib, ularning hammasini halok qildi. Dushmanlarning birortasi ham tirik qolmadi. 9 Yoshua Egamiz buyurganday ularning otlarini mayib qildi, jang aravalarini yondirib tashladi.
10 Oʻshandan keyin Yoshua oʻz lashkari bilan orqaga qaytib, Xazor shahriga bordi. Uni qoʻlga kiritib, shohini halok qildi. U paytda Xazor oʻsha shohliklar orasida eng qudratlisi edi. 11 Isroil lashkari shahar aholisining hammasini butunlay yoʻq qildi. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Shaharni esa yondirib tashlashdi. 12 Yoshua bilan Isroil lashkari oʻsha shaharlarning hammasini bosib olib, ularning shohlariyu barcha aholisini qilichdan oʻtkazdi. Egamizning quli Muso buyurganday, ularni butunlay vayron qildi. 13 Isroil lashkari tepaliklarda qurilgan shaharlardan faqatgina Xazor shahrini yondirib tashladi. 14 Isroil lashkari shaharlardagi mol–mulklarni va barcha chorvani oʻzlariga oʻlja qilib oldilar. Ammo shaharlarning barcha aholisini qilichdan oʻtkazdilar. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. 15 Egamiz Oʻz quli Musoga bergan amrlarni Muso Yoshuaga yetkazgan edi. Yoshua Muso aytganday qilib, barcha amrlarni bitta qoldirmay bajardi.
Yoshua qoʻlga kiritgan yerlar
16 Shunday qilib, Yoshua butun yurtni — janubiy qirlaru oʻsha qirlarning etaklarini, butun Nagav choʻlini , butun Goʻshen yerlarini , Iordan vodiysini, shimoliy qirlar va oʻsha qirlarning etaklarini bosib oldi. 17 Isroil xalqi bosib olgan yerning janubiy chegarasi Seir yonidagi Xalak togʻi edi, shimoldagi chegarasi esa Xermon togʻining etagida joylashgan Lubnon vodiysidagi Baal–Gad shahri edi. Yoshua oʻsha yerlarning shohlarini magʻlub qilib, hammasini halok qildi. 18 Bu shohlarni magʻlub qilguncha, Yoshua uzoq vaqt ular bilan urush qilgan edi. 19 Givondagi Xiv xalqidan tashqari hech bir shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzmagan edi. Ularning hammasi jangda magʻlub boʻlishdi. 20 Egamiz oʻsha xalqlarni oʻjaru takabbur qilib qoʻygani uchun, ular Isroil xalqiga qarshi jang qilaverdilar. Egamiz Musoga buyurganday, Isroil lashkari ularni butunlay yoʻq qilib, shafqatsizlarcha oʻldirishlari uchun shunday qilgan edi.
21 Oʻsha paytda Yoshua qirlarda yashagan Onoq avlodini yoʻq qilib tashladi. Ular Xevron, Davir, Onov shaharlarida, butun janubiy va shimoliy qirlarda yashardilar. Yoshua ularni oʻldirib, shaharlarini vayron qildi. 22 Isroil xalqining yurtida Onoq avlodidan hech kim qolmadi, faqatgina Gʻazo, Gat va Ashdod shaharlarida bir nechtasi qoldi. 23 Shunday qilib, Musoga Egamiz aytganday, Yoshua butun yurtni qoʻlga kiritdi. Yoshua bu yerlarni Isroil xalqining qabilalariga mulk qilib berdi. Endi yurtda tinchlik barqaror boʻldi.