3–BOB
Yunus Naynavo aholisini tavbaga chaqiradi
1 Yunusga Egamiz ikkinchi marta shu soʻzlarni ayon qildi: 2 “Qani, boʻl, qudratli Naynavo shahriga borib, Mening soʻzlarimni jar solib u yerdagilarga eʼlon qil.”
3 Yunus Egamizning amriga boʻysunib, Naynavo tomonga ketdi. Naynavo juda katta shahar boʻlib, uni aylanib chiqishga uch kun vaqt ketardi. 4 Yunus shahar boʻylab bir kun yoʻl yurib oʻtdi. U aylanib yurib: “Yana qirq kundan keyin Naynavo xarob boʻladi”, deb jar soldi.
5 Naynavoliklar Xudoga ishonib, roʻza tutamiz, deb eʼlon qildilar. Shahardagi kattayu kichik tavba qilib qanorga oʻrandi .
6 Bu xabar Naynavo shohiga ham yetib bordi. U taxtdan tushib, shohona liboslarini yechdi, qanorga oʻranib, kulga oʻtirdi. 7 Oʻzi va amaldorlari nomidan butun Naynavo boʻylab quyidagi farmonni eʼlon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar — mol–qoʻylar hech narsa yemasin, suv ichmasin. 8 Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga oʻransin. Har kim Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin. 9 Kim biladi, balki Xudo rahm qilib, bizga boʻlgan gʻazabini qaytarar, biz halok boʻlmasmiz.”
10 Xudo ularning qilgan ishlarini, yovuz qilmishlaridan qaytganini koʻrib, rahm qildi va ularning ustiga “yuboraman”, deb aytgan ofatni yubormadi.