41–BOB
1 Ha, maxluq Levitanni ushlamoqchi boʻlganlar oʻzini oʻzi aldaydi,
Uning koʻrinishi odamni dahshatga tushiradi.
2 Uni qoʻzgʻatishga hech kimning yuragi dov bermaydi.

Shunday ekan, kim Menga qarshi chiqa oladi?!
3 Xoʻsh, kimdan qarzim borki, hisobini talab qilsa?!
Axir, falak ostidagi hamma narsa Meniki–ku!

4 Men Levitanning qoʻlu oyoqlari,
Beqiyos kuchi va ajoyib tanasi haqida aytib beray.
5 Kim uning terisini shila oladi?
Zirhga oʻxshagan terisini kim teshishi mumkin?
6 Uning ogʻzini kim ochib koʻra oladi?
Axir, uning tishlari qoʻrqinchli–ku!
7 Uning beli qator tizilgan qalqonlardaydir ,
Ular bir–biriga yopishtirib mahkamlangan.
8 Bir–biriga shunchalik yaqinki,
Hatto orasidan havo ham oʻtolmaydi.
9 Ular bir–biriga yopishgan,
Birga mahkamlangan, ajratib boʻlmaydi.
10 Levitan aksirganda uchqun chiqadi,
Koʻzlari tong nuriga oʻxshab chaqnaydi.
11 Ogʻzidan alanga chiqadi,
Olov uchqunlari otiladi.
12 Yonayotgan qamish ustida qaynayotgan qozondan bugʻ chiqqanday,
Uning ham burnidan tutun chiqadi.
13 Uning nafasi koʻmirni yondiradi,
Ogʻzidan alanga chiqadi.
14 Boʻyni shu qadar baquvvatki,
Koʻrganlar vahimaga tushadi.
15 Eti qatlam–qatlam boʻlib, bir–biriga yopishib ketgan,
Ular shunchalik qattiqki, qimirlatib boʻlmaydi.
16 Yuragi toshday qattiq,
Ha, tegirmon toshiday qattiq.
17 Levitan qoʻzgʻalganda, kuchlilar ham qoʻrqadi,
Levitan tashlanganda, ular gʻujanak boʻladi.
18 Unga tekkan qilich, nayza, yoy oʻqiyu
Xanjar hech taʼsir qilmaydi.
19 Temir unga somon kabidir,
Bronza esa chirigan yogʻoch kabidir.
20 Yoy oʻqi uni qochirolmaydi,
Palaxmon toshi somonchalik taʼsir qilmaydi.
21 Tayoq unga xashakday tuyuladi,
Nayzalarning shuvullashidan u kuladi.
22 Qornidagi tangachalari sopol parchasiday oʻtkir,
Loydan yursa, yerni yorib oʻtadi.
23 Levitan harakatlaridan dengiz qaynaydi,
Chuqur suvlarni qaynagan moyday qiladi.
24 U suzgan joylarda yaltiragan iz qoladi,
Dengiz oq sochlar bilan qoplanganga oʻxshaydi.
25 Yer yuzida unga teng keladigani yoʻq,
Bu jonivorda qoʻrquv degan narsa yoʻq.
26 Barcha takabbur jonzotga u past nazar bilan qaraydi,
Magʻrur yovvoyi hayvonlarning shohi Levitandir.”