37–BOB
1 Mana shular haqida oʻylasam,
Yuragim oʻynab, joyida sakraganday boʻladi.
2 Xudo ovozining gumburlashiga yaxshilab quloq soling.
Uning ogʻzidan chiqayotgan guldurosni eshiting.
3 Chaqmogʻi butun falak ostida chaqnab,
Yerning toʻrt burchiga yetib boradi.
4 Undan keyin gulduros eshitiladi,
Xudo Oʻzining ulugʻvor ovozi bilan gumburlagan sado chiqaradi,
Uning ovozi eshitilganda chaqmoq chaqnayveradi.
5 Oʻz ovozi bilan Xudo ajoyib gulduros hosil qiladi,
Uning qilgan ishlariga aqlimiz yetmaydi.
6 U buyursa yerga qor yogʻadi,
Xudo aytgani uchun sel yogʻadi.
7 U hamma odamlarning ishlarini toʻxtatib qoʻyadi,
Shunda insonlar Xudoning qudratini bilib oladi.
8 Jonivorlar oʻz inlariga kiradi,
Oʻz uyalarida yashirinadi.
9 Boʻron oʻz makonidan chiqadi,
Sovuq shamol esadi.
10 Xudo nafasi bilan muz hosil qiladi,
Bepoyon suvlar muzlab qoladi.
11 Bulutlarni suv bilan toʻldiradi–da,
Ularning orasidan chaqmoq chaqtiradi.
12 Xudo bulutlarga yoʻl koʻrsatadi,
Xudoning amrlari bajo boʻlishi uchun
Shamolu suv yer yuzi boʻylab aylanadi.
13 U baʼzan, odamzodni jazolay deb, yomgʻir yogʻdiradi.
Baʼzan esa yerni sugʻoray,
Odamzodga Oʻz sevgimni koʻrsatay deb, bulutlarni yuboradi.

14 Bir daqiqa jim turing, Ayub, quloq soling,
Xudoning ajoyib ishlari haqida oʻylab koʻring.
15 Xudo qanday qilib bulutlarni boshqarishini
Yoki chaqmoq chaqtirishini bilasizmi?
16 Qanday qilib bulutlar osmonda osilib turishini,
Bilimi barkamol Xudoning ajoyibotlarini bilasizmi?
17 Axir, yer yuzida esgan garmsel tufayli
Kiyimlaringiz ham isib ketadi–ku!
18 Osmon sayqallangan bronzaday qattiq ,
Xudo uni yoyib qoʻygan!
Shunday qilish sizning ham qoʻlingizdan keladimi?
19 Xudoga qanday gapirishni bizga oʻrgating.
Biz notavonlar daʼvoimizni tushuntira olmaymiz.
20 Gapirmoqchi boʻlganimni birortasi Xudoga aytishi kerakmi?
Axir, inson gapirsa, albatta halok boʻladi–ku!
21 Shamol bulutlarni haydagandan soʻng
Tiniq osmonda charaqlab turgan quyoshga
Hech kim qaray olmaydi.
22 Shimoldan yorqin nurlar taralmoqda,
Xudo ajoyib ulugʻvorlikka burkangan.
23 Biz Qodir Xudoga yetolmaymiz,
Uning qudrati yuksakdir.
U toʻgʻri hukm chiqaradi, adolatiga xiyonat qilmaydi.
24 Shuning uchun insonlar Undan qoʻrqadi.
Ha, qalbi donolar Xudoni koʻradi .”