32–BOB
Elixu Ayubning doʻstlariga javob beradi
1 Shunday qilib, oʻsha uch kishi Ayubga boshqa gapirmadilar, chunki Ayub oʻz nazarida solih edi. 2 Ammo Buz avlodining Ram xonadonidan boʻlgan Boraxiyol oʻgʻli Elixuning jahli chiqdi. Ayub oʻzini oqlab, Xudoni ayblayotgani uchun undan qattiq gʻazablandi. 3 U Ayubning uchala oʻrtogʻidan ham juda qattiq achchiqlandi, chunki ular Ayubning gapiga javob topib bera olmadilar. Natijada Xudo aybdorday boʻlib qoldi . 4 Elixu gapirish uchun oʻz navbatini kutib turardi, chunki boshqalarning yoshi unikidan ulugʻroq edi. 5 Lekin ularning boshqa gapi yoʻqligini koʻrib, Elixuning jahli chiqdi.
6 Shunday qilib, Buz avlodidan boʻlgan Boraxiyol oʻgʻli Elixu oʻz gapini boshladi:
“Men yoshman,
Sizlarning esa yoshingiz ulugʻ.
Shuning uchun uyalib,
Fikrlarimni aytishga qoʻrqdim.
7 Yoshi ulugʻlar gapirsin,
Koʻpni koʻrganlar aql oʻrgatsin, dedim.
8-9 Ammo faqatgina yoshi ulugʻlar dono boʻlmaydi,
Nima toʻgʻriligini faqat keksalar tushunavermaydi.
Axir, insonga uning ichidagi ruh —
Qodir Xudoning nafasi aql–idrok beradi–ku!
10 Shuning uchun menga quloq soling,
Men ham oʻz fikrimni bayon qilay.
11 Sizlar gapirganda jim turdim,
Dono gaplaringizga quloq soldim.
Gap qidirganingizda ham kutib turdim.
12 Sizlarga diqqat bilan quloq soldim,
Lekin hech biringiz Ayubning aybini isbotlay olmadingiz.
Uning gaplariga javob bera olmadingiz.
13 Sizlar: «Eng dono yoʻlni topdik,
Ayubni inson emas, Xudoning Oʻzi magʻlub qilsin», deya koʻrmanglar.
14 Ayub gaplarini menga qarata aytgani yoʻq.
Shunday boʻlganda ham,
Men hech qachon sizlarga oʻxshab javob bermasdim.
15 Ey Ayub! Bu uchala oʻrtogʻingiz esankirab qoldi,
Gap topolmay oʻtiribdilar.
Aytadigan bironta soʻzi yoʻq.
16 Endi ularning aytadigan gapi boʻlmasa,
Men kutib oʻtiraveraymi?!
17 Men ham javob beraman,
Oʻz fikrimni bildiraman.
18 Ichimda soʻzlar toshib ketyapti,
Ruhim meni daʼvat qilyapti.
19 Qalbim ochilmagan sharob kabi joʻshmoqda,
Yangi sharob quyilgan mesh kabi yorilib ketay, deydi .
20 Gapirib, ozgina yozilay.
Ogʻiz ochib, javob beray.
21 Men hech kimga tarafkashlik qilmayman,
Hech bir insonga xushomad qilmayman.
22 Agar xushomadgoʻylikka usta boʻlsam,
Yaratuvchim meni yoʻq qilgan boʻlar edi.