17–BOB
1 Ruhim tushgan, umrim oz qolgan,
Qabr meni kutib turibdi.
2 Mazax qiluvchilar atrofimni oʻrab olgan.
Adovatlarini oʻz koʻzlarim bilan koʻrib turibman.
3 Ey Xudo, Oʻzing meni kafillikka olgin.
Axir, yana kim bor meni qoʻllaydigan?
4 Sen doʻstlarimning ongini aql–zakovat uchun yopib qoʻygansan,
Shuning uchun ularning ustun boʻlishlariga yoʻl bermaysan.
5 Ular oʻz foydasini koʻzlab, doʻstlariga xiyonat qiladilar.
Shundaylarning farzandlari koʻr boʻlsin.
6 Xudo meni odamlar orasida kulgi qilib qoʻydi,
Ular yuzimga tupurishadi.
7 Qaygʻudan koʻzlarim xiralashgan,
Aʼzoi badanim zaiflashib, qoq suyak boʻlib qolgan.
8 Oʻzini pokdil deb bilganlar meni koʻrib ajablanyaptilar,
Ular meni ikkiyuzlamachi deb oʻylayaptilar.
Oʻzini aybsiz deb bilganlar mendan gʻazablanyaptilar.
9 Ammo shunga qaramay, solih odam oʻz yoʻlida yuraveradi,
Qoʻli pok boʻlgan kuchayib ketaveradi.
10 Qani endi sizlar kelinglar–chi?!
Orangizdan birorta dono insonni topa olarmikanman?!
11 Mana kunlarim oʻtib ketdi,
Rejalarim ham barbod boʻldi,
Koʻnglimdagi orzularim puchga chiqdi.
12 Doʻstlarim tunni kun, deyishadi,
Atrofi qop–qorongʻi,
Lekin ular, yorugʻlik yaqin, deb turib olishgan.
13 Xoʻsh, agar oʻliklar diyori mening uyim boʻlsa,
Toʻshagimni zulmatda yozsam,
14 Qabrga, sen otamsan, desam,
Qurt–qumursqalarni, onamsiz, opa–singillarimsiz, desam,
15 Men umidli odam boʻlamanmi?
Meni, umidi bor, deb kim aytadi?!
16 Nahotki oʻliklar diyorida umid boʻlsa?!
Yoʻq, tuproqda yotganimda umid boʻlmaydi.”