14–BOB
1 Ayol zotidan tugʻilgan insonning
Umri qisqa, hayoti qaygʻuga toʻla boʻladi.
2 U gul singari ochiladi–yu, yana soʻlib qoladi.
Soyaday tez oʻtib ketadi, koʻpga chidamaydi.
3 Ey Xudo! Shunday insonga nazar tashlaysanmi?
Meni hukm qilish uchun Oʻz oldingga olib kelasanmi?
4 Kim halolni harom ichidan chiqara oladi?!
Hech kim.
5 Sen inson hayotining kunlarini sanab qoʻygansan,
Necha oy yashashini ham bilasan.
Inson Sen belgilagan chegaralardan oʻtolmaydi.
6 Uni tinch qoʻy, dam olsin.
Mardikorlarga oʻxshab, kunlik ishini tinchgina bitirsin.

7 Hatto daraxtning ham umidi bor,
Agar u kesib tashlansa, yana oʻsaveradi,
Daraxtning novdalari oʻsishdan toʻxtamaydi.
8 Uning ildizlari qarib,
Toʻnkasi chiriy boshlasa,
9 Hatto suvning hidini sezsa ham yana yashnashi mumkin.
Navnihol koʻchatday yana novdalari koʻkarishi mumkin.
10 Lekin inson oʻlganda bor kuchidan ayriladi,
Oxirgi nafasini chiqaradi–yu, yoʻq boʻlib ketadi!
11 Suv dengizdan bugʻlanib chiqib ketganday
Daryo qurib, yoʻq boʻlib ketganday,
12 Inson ham yotadi–yu, qaytib turmaydi.
Osmon yoʻq boʻlmaguncha, u uygʻonmaydi.
Oʻlim uyqusidan uni hech kim turgʻiza olmaydi.
13 Ey Xudo, qani endi, meni oʻliklar diyoriga yuborsang,
Gʻazabing bosilguncha meni yashirib qoʻysang,
Men uchun bir vaqt tayinlab, keyin meni yodga olsang.
14 Inson oʻlsa, u yana tiriladimi?
Agar shunday boʻlsa, ozod boʻlgunimcha
Barcha qiyinchiliklarga chidab berardim.
15 Meni chaqirsang, Senga javob bergan boʻlardim.
Menga — Oʻz qoʻling bilan yaratganga muntazir boʻlarding.
16 Shunda Sen qadamlarimni oʻlcharding–u,
Gunohlarimni hisobga olmasding.
17 Ayblarimni xurjunga solib, bogʻlab qoʻyganday boʻlarding.
Fosiqligimni oʻchirib, ustidan oqlab tashlaganday boʻlarding.

18 Ammo togʻlar qulab, maydalanib ketadi,
Qoyalar oʻz joyidan suriladi,
19 Suv toshlarni yemiradi,
Toshqin suvlar yerni yuvib ketadi.
Xuddi shu singari, Sen ham
Insonning umidini yoʻqqa chiqarasan.
20 Sen insonni butunlay magʻlub qilasan,
Inson olamdan oʻtib ketadi.
Oʻlganda yuzini oʻzgartirib, joʻnatib yuborasan.
21 Farzandlari hurmatga sazovor boʻlsalar ham,
Xoʻrlansalar ham u bilmaydi.
22 Inson faqat oʻz tanasidagi ogʻriqni sezadi,
Faqat oʻzi uchun qaygʻuradi.”