3–BOB
Iso va Nikodim
1 Yahudiy yoʻlboshchilaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi. 2 Bu odam bir kuni kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi:
— Ustoz, Siz Xudodan kelgan bir muallim ekanligingizni biz bilamiz. Agar Xudo Siz bilan boʻlmaganda edi, Siz bunday moʻjizali alomatlarni qila olmas edingiz.
3 Iso unga shunday javob berdi:
— Sizga chinini aytay: qaytadan tugʻilmagan bironta odam Xudoning Shohligini koʻrolmaydi.
4 — Keksa odam tugʻila olarmidi?! U onasining qorniga qayta kirib, yana tugʻila olmaydi–ku! — dedi Nikodim. 5 Iso shunday javob berdi:
— Sizga chinini aytay: suvdan va Ruhdan tugʻilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi. 6 Odam jismonan ota–onadan tugʻiladi, ruhan esa Muqaddas Ruhdan tugʻiladi. 7 “Sizlar qaytadan tugʻilishingiz kerak” deganimga taajjublanmang. 8 Ruh xuddi shamolga oʻxshaydi. Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasiz–u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Ruhdan tugʻilgan har bir kishida ham shunday boʻladi.
9 — Bu qanday boʻlishi mumkin? — deb soʻradi Nikodim. 10 Iso unga shunday javob berdi:
— Siz Isroilning ustozisiz–ku! Nahotki shuni bilmasangiz?! 11 Sizga chinini aytay: biz bilganimizni soʻzlaymiz, koʻrganimiz haqida shahodat beramiz. Lekin sizlar bizning shahodatimizni qabul qilmayapsizlar. 12 Agar sizlar yerdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar toʻgʻrisida gapirganlarimga qanday ishonasizlar? 13 Osmondan tushgan Inson Oʻgʻlidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas. 14 Muso sahroda bronza ilonni xodaga mahkamlab, qanday yuqoriga koʻtargan boʻlsa, Inson Oʻgʻli ham xuddi shunday yuqoriga koʻtarilishi kerak . 15 Shu tariqa imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega boʻladi .
16 Zero , Xudo olamni shunchalik sevdiki, Oʻzining yagona Oʻgʻlini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok boʻlmasin, balki abadiy hayotga ega boʻlsin. 17 Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki Oʻgʻli orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi. 18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum boʻlgan, chunki u Xudoning yagona Oʻgʻliga ishonmadi.
19 Hukm shunday dalilga asoslangan: dunyoga nur keldi, ammo odamlar nurdan koʻra, zulmatni yaxshi koʻrdilar, chunki ularning qilmishlari yovuz edi. 20 Qabihlik qilgan odam nurdan nafratlanadi. Qilmishlari fosh boʻlmasligi uchun u nurdan qochadi. 21 Haqiqat yoʻlini tutgan odam esa nurga keladi. Bunday odamning ishlari Xudo orqali qilinganligini nur hammaga ayon qiladi.
Yahyo choʻmdiruvchi Iso Masih haqida guvohlik beradi
22 Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Yahudiya oʻlkasiga bordi. Iso ular bilan bir qancha vaqt u yerda qolib, odamlarni suvga choʻmdirdi. 23 Yahyo ham Saleym degan joyning yaqinidagi Eynon yerida xalqni suvga choʻmdirardi. U yer nihoyatda sersuv edi. Odamlar doim Yahyoning oldiga kelib, suvga choʻmdirilardi. 24 Bu hodisalar Yahyo zindonga tashlanishdan oldin yuz bergan edi.
25 Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan bir yahudiy kishi orasida tahorat haqida bahs boʻldi. 26 Ular Yahyoning oldiga borib dedilar:
— Ustoz! Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻida yoningizdagi bir Odam haqida guvohlik bergan edingiz–ku, oʻsha Odam xalqni suvga choʻmdirib yuribdi, hamma Uning oldiga boryapti.
27 Bunga javoban Yahyo dedi:
— Agar osmondan berilmasa, inson hech narsa qila olmaydi. 28 “Men Masih emasman, faqat Uning oldidan yuborilganman”, deb aytgan soʻzlarimga oʻzlaringiz guvohsizlar. 29 Kelin kuyovga tegishlidir. Kuyov joʻra esa kuyov yonida turib, uning ovozini eshitganidan sevinib xursand boʻladi. Xuddi shunday men ham bugun benihoyat shodman. 30 Masih yuksalishi, men esa pasayishim kerak.
31 Yuqoridan kelgan Zot hammadan ustundir. Yerdan boʻlgan odam yerga mansubdir va yerga xos masalalar toʻgʻrisida gapiradi. Osmondan Kelgan esa hammadan ustundir. 32 U koʻrgani va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini qabul qilmaydi. 33 Uning guvohligini qabul qilgan kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi. 34 Xudo yuborgan Zot Xudoning soʻzlarini gapiradi. Zero, Xudo Oʻz Ruhini Unga cheksiz–oʻlchovsiz beradi. 35 Ota Oʻgʻlini yaxshi koʻradi, U hamma narsani Oʻgʻlining qoʻliga topshirgan. 36 Xudoning Oʻgʻliga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega boʻladi. Oʻgʻilni rad etgan odam esa hayot koʻrmay, Xudoning gʻazabi ostida qoladi.