47–BOB
Filist xalqining taqdiri
1 Firʼavn Gʻazo shahriga hujum qilishidan oldin, Filist xalqi haqida Egamizning shu soʻzlari Yeremiyoga ayon boʻldi:

2 Egamiz aytmoqda:
“Qarang, shimolda dushmanlar toʻplanmoqda,
Ular toʻlqinlar kabi, pishqirib kelmoqda.
Joʻshqin daryo kabi, toshib hovliqmoqda.
Ular toʻfonday butun yurtni bosib ketadi,
U yerdagi hammani —
Shaharlar va odamlarni choʻktiradi.
Xalq dodu faryod qiladi,
Yurt aholisi figʻon chekadi.
3 Ot tuyoqlari dupur–dupur uradi,
Aravalar taraq–turuq qiladi,
Gʻildiraklar gursullaydi.
Erkaklar ichidan zil ketadilar.
Hatto bolalarini qutqargani ham
Ular orqaga qaytmaydilar.”

4 Ha, oʻsha kun keladi,
Filist xalqi qirib tashlanadi!
Omon qolgan ittifoqchilari yoʻq qilinadi.
Tir va Sidon shaharlariga yordam kelmaydi,
Xaftoʻr sohillaridan kelgan Filistlarni
Egamizning Oʻzi yoʻq qiladi.
5 Gʻazo aholisi qaygʻudan sochlarini qirdiradi,
Ashqalon odamlarining dami ichiga tushib ketadi.
Ey Filist zabardastlarining omon qolganlari!
Qachongacha gʻam chekib, badaningizni tilasiz?!

6 Filist xalqi shunday deb yolvoradi:
“Shoʻrimiz qursin! Ey Egamizning qilichi!
Qachon tinib–tinchiysan sen?!
Boʻldi yetar, tinchlana qol!
Qiningga kir, damingni ol!”

7 Evoh, Egamizning Oʻzi amr etgan boʻlsa,
Qanday dam olsin u qilich?!
“Ashqalon shahriga va sohilga hujum qil” degan boʻlsa,
Qanday tinchlansin u qilich?!