41–BOB
1 Oʻsha yilning yettinchi oyida shoh Zidqiyoning bosh lashkarboshilaridan biri boʻlgan Nataniyo oʻgʻli Ismoil oʻnta odami bilan birga Mispaxga — Oxixam oʻgʻli Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urugʻidan boʻlgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida oʻtirib ovqatlanayotganda, 2 Ismoil va u bilan kelgan oʻnta odam qilichlarini yalangʻochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni oʻldirishdi. 3 Gadaliyo bilan birga Mispaxda boʻlgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan oʻtkazdi. U yerdagi Bobillik sipohlarni ham oʻldirdi.
4 Ertasi kuni Gadaliyo oʻldirilganligi haqidagi xabar tarqalmay turib, 5 Shakam, Shiloʻ va Samariyadan saksonta odam keldi. Ular qaygʻudan soqolini qirgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar . Ular don va tutatqilarni nazr qilish uchun Egamizning uyiga ketayotgan edilar. 6 Nataniyo oʻgʻli Ismoil ularni kutib olish uchun Mispaxdan yigʻlab chiqdi. Ularga yaqinlashgach: “Qani, ichkariga, Gadaliyoning oldiga kiringlar”, dedi. 7-9 Ular shaharga kirishlari bilanoq, Ismoil bilan uning odamlari ularni ham qirib tashladilar. Ammo kelganlardan oʻntasi Ismoilga yolvorib dedi: “Iltimos, bizni oʻldirma! Dalalarda yashirib qoʻygan bugʻdoy, arpa, zaytun moyi va asalimiz bor.” Ismoil ularni oʻldirmay, hayotlarini saqlab qoldi. Oʻldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi . Jasadlarga toʻlgan bu sardobani Yahudo shohi Oso Isroil shohi Basho hujum qilgan paytda qurdirgan edi . 10 Ismoil Mispaxda omon qolgan hamma odamlarni asir qilib oldi. Bobillik qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Mispaxdagi hamma odamlarni ularning orasidagi malikalarga qoʻshib, Gadaliyoning ixtiyoriga topshirgan edi. Ismoil ularning hammasini asir qilib, Ommon yurtiga joʻnadi.
11 Nataniyo oʻgʻli Ismoilning qilgan jinoyatlari haqida Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon va lashkarboshilar xabar topdilar. 12 Ular bor odamlarini toʻplab, Ismoil bilan jang qilish uchun yoʻlga tushdilar. Ular Ismoilga Givondagi katta hovuz boʻyida yetib oldilar. 13 Ismoilning asirlari Yoʻxanonni va uning yonidagi hamma lashkarboshilarni koʻrib, xursand boʻlib ketishdi. 14 Ismoil Mispaxdan asir qilib olgan oʻsha odamlarning hammasi orqaga — Yoʻxanonning oldiga yugurib kelishdi. 15 Ismoil esa sakkizta odami bilan Yoʻxanondan qochib, Ommon yurtiga ketdi. 16 Shunday qilib, Yoʻxanon va uning lashkarboshilari Mispaxdagi fojiada omon qolgan ayolu bola–chaqalarni, saroy amaldorilariyu jangchilarni Gadaliyoning qotili Ismoilning qoʻlidan ozod qildilar. Ularni oʻzlari bilan Givondan olib ketdilar. 17-18 Yoʻxanon odamlari bilan Bobilliklardan qoʻrqqanlari uchun Misrga yoʻl oldilar. Chunki Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlagan Gadaliyoni Ismoil oʻldirgan edi. Soʻng hammasi yoʻlda Baytlahm yonidagi Ximam qoʻnolgʻasida toʻxtadilar.