13–BOB
Zigʻir tolasidan toʻqilgan qiyiqcha
1 Egamiz menga shunday dedi: “Bor, oʻzing uchun zigʻir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bogʻla, ammo suvga tekkizma.” 2 Egamizning amriga binoan, men qiyiqcha sotib olib, belimga bogʻlab oldim. 3 Keyin Egamiz menga shu soʻzini ayon qildi: 4 “Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qoʻlingga olgin–u, Poro anhorining boʻyiga tush. Qiyiqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qoʻy.” 5 Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining boʻyiga yashirib qoʻydim. 6 Oradan ancha kun oʻtgandan soʻng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining boʻyiga bor, Mening amrimga binoan, u yerga yashirib qoʻygan qiyiqchangni olib kel.” 7 Shunda men borib, qiyiqchani oʻzim yashirib qoʻygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan boʻlib qolgan edi.
8 Shunda Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi. 9 Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining magʻrurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman. 10 Bu fosiq xalq soʻzlarimni eshitishdan bosh tortdi, yovuz yuragining oʻjarliklariga itoat qildi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular oʻsha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan boʻlib qoladilar. 11 Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini Oʻzimga yaqin tutar edim: ular Mening xalqim boʻlishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi deb, shunday qilgan edim. Ammo ular Menga quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir.
Sharob uchun meshlar
12 Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Ey Yeremiyo, xalqqa ayt: «Sharob meshlari sharob bilan toʻldirilishi kerak.» Bordi–yu, ular senga: «Sharob meshlari sharob bilan toʻldirilishi kerakligini oʻzimiz ham bilamiz», deb aytishsa, 13 sen ularga shunday deb javob ber: «Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast qilaman. Dovud taxtida oʻtirgan shohdan tortib, ruhoniylar, paygʻambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammasini mast qilaman. 14 Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qoʻyaman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ularni ayamay yoʻq qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm–shafqat qilmayman.»”
Yeremiyo takabburlik oqibatlari haqida ogohlantiradi
15 Eshitinglar, quloq solinglar,
Katta ketmanglar,
Zotan, Egamiz gapirmoqda.
16 Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin,
Qorongʻi qirlarda qoqilmasingizdan oldin,
Egangiz Xudoni ulugʻlang.
Aks holda, siz kutayotgan yorugʻlikni
U zulmatga aylantiradi,
Oʻsha yorugʻlikni tim qorongʻi qiladi.
17 Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz,
Magʻrurligingiz uchun qalbim pinhon yigʻlaydi.
Men achchiq–achchiq koʻz yosh toʻkaman,
Axir, Egamizning qoʻylari
Asirlikka olib ketiladi.
18 Egamiz menga dedi:
“Shohga va ona malikaga shunday degin:
«Taxtdan tushinglar,
Axir, chiroyli tojingiz
Boshingizdan tushib ketdi.»
19 Nagav choʻlidagi shaharlar berkitilgan,
Darvozalarni ochadigan kimsa yoʻq.
Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi,
Ha, butun xalq surgun qilindi.”
20 Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara!
Qani sening chiroyli qoʻylaring?
Qani senga topshirilgan suruving?
21 Sen ittifoqdoshlaringga oʻzing ustozlik qilgan eding,
Egamiz oʻshalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan?
Shunda sen toʻlgʻoq tutgan ayolday boʻlib qolasan–ku!
Dard azobida qolib ketasan–ku!
22 “Nega bular boshimga tushdi?” dersan.
Sen koʻp gunoh qilding,
Etaging koʻtarildi, xoʻrlanding.
23 Habashistonlik oʻz terisining rangini oʻzgartira oladimi?!
Qoplon oʻz terisidagi xollarini yoʻqota oladimi?!
Shu singari, sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar,
Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar!
24-25 Egamiz shunday deb aytmoqda:
“Garmsel somonni toʻzgʻitganday,
Men sizlarni sochib tashlayman.
Bu sizlarning qismatingizdir,
Men boshingizga yogʻdiradigan kulfat shudir.
Sizlar Meni unutdingizlar,
Soxta xudolarga inondingizlar.
26 Men koʻylagingiz etagini baland koʻtaraman,
Sharmandangizni chiqaraman.
27 Dalalarda, qirlarda qilgan
Jirkanch ishlaringizni Men koʻrdim,
Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni eshitdim.
Uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizning guvohi boʻldim .
Ey Quddus, holingga voy!
Qachongacha bulgʻanib yurasan?!”