1–BOB
1 Ushbu kitobda Xilqiyo oʻgʻli Yeremiyoning soʻzlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onotoʻt shahrida yashagan ruhoniylardan biri edi. 2 Omon oʻgʻli Yoʻshiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning oʻn uchinchi yilida , Egamizning soʻzi ilk bor Yeremiyoga ayon boʻlgan edi. 3 Shundan soʻng Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim davridan tortib, to Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha , Egamiz Yeremiyoga Oʻz soʻzini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yili beshinchi oyida Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.
Egamiz Yeremiyoni tanlaydi
4 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi:
5 “Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim,
Tugʻilmasingdan oldin seni Oʻzim uchun ajratib olgan edim.
Xalqlarga seni paygʻambar etib tayinlagan edim.”
6 Men Unga shunday javob qaytardim:
— Yo Egam Rabbiy! Men tuzukroq ham gapira olmayman. Hali juda yoshman.
7 Egamiz esa menga shunday dedi:
— Oʻzingni, yoshman, deb aytma! Men seni kimning oldiga yuborsam, oʻshalarning oldiga borasan. Senga amr qilgan hamma gaplarimni ularga aytasan. 8 Sen ulardan qoʻrqma. Men sen bilan birga boʻlaman, seni xalos qilaman. Buni Men, Egang, aytdim.
9 Soʻng Egamiz qoʻlini uzatib, labimga tekkizdi–yu, dedi:
— Mana, soʻzlarimni ogʻzingga solib qoʻydim. 10 Bugundan boshlab xalqlar va shohliklarni qoʻporib, yoʻq qilishing uchun, vayron qilib, agʻdarishing uchun, bunyod etib, mustahkamlashing uchun senga izn berdim.
Ikkita vahiy
11 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib, shunday dedi:
— Ey Yeremiyo, nimani koʻryapsan?
— Bodom shoxini, — deb javob berdim men.
12 — Toʻgʻri koʻrding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi . Aytgan soʻzlarimni Men tez orada bajo keltiraman.
13 Egamiz menga Oʻz soʻzini yana ayon qilib dedi:
— Nimani koʻryapsan?
— Shimol tomonda qaynab turgan bir qozonni. Qozon biz tomonga agʻdarilay–agʻdarilay deb turibdi, — dedim.
14 Egamiz menga shunday dedi:
— Bu yurtning butun aholisi ustiga shimol tomondan falokat yogʻiladi.
15 Egamiz shunday demoqda: “Men shimoldagi shohliklarning barcha xalqlarini chaqirib olyapman. Ularning shohlari kelib, oʻz taxtlarini Quddus darvozalarining yoniga oʻrnatadilar. Quddus devorlarini qurshab oladilar, Yahudo shaharlarining hammasiga hujum qiladilar. 16 Shu yoʻsin Men xalqimga qarshi hukmimni eʼlon qilaman, chunki Oʻz xalqim Meni tark etib, qabihlik qildi. Ular begona xudolarga qurbonliklar keltirib, oʻz qoʻllarining ijodiga sajda qildilar. 17 Sen endi boʻla qol, belingni bogʻla. Buyurganlarimning hammasini ularga borib ayt. Ulardan qoʻrqma. Aks holda, ularning oldida seni vahimaga solaman. 18 Bugun Men seni bir qalʼaday, temir ustunday va bronza devorday mustahkam qildim. Sen butun yurtga — Yahudo shohlariga, shahzodalariga, ruhoniylariga, yurt aholisiga qarshi chiqasan. 19 Ular senga hujum qilishadi, lekin seni yenga olishmaydi. Men sen bilan birga boʻlaman, seni xalos qilaman.” Egamizning kalomi shudir.