14–BOB
Shimshoʻn va Timnaxlik ayol
1 Bir kuni Shimshoʻn Timnax degan shaharga bordi. Timnaxda u bir Filist qizni koʻrib qoldi. 2 Uyiga qaytib kelgach, ota–onasiga shunday dedi:
— Men Timnaxda bir Filist qizni koʻrdim. Uni menga olib beringlar.
3 — Oʻz xalqimiz orasida qiz qurib qolibdimi?! Endi borib sunnatsiz Filistlardan qiz olishimiz qolgandi, — deb javob berdi ular.
Ammo Shimshoʻn otasiga:
— Menga oʻsha qizni olib bering, men uni yoqtirib qoldim, — deb turib oldi.
4 Bu Egamizning xohishi edi, ammo Shimshoʻnning ota–onasi bundan bexabar edilar. Egamiz Filistlarga qarshi jang qilish uchun bironta bahona qidirayotgan edi. Oʻsha zamonda Filistlar Isroilda hukmronlik qilardilar.
5 Shimshoʻn ota–onasi bilan Timnaxga yoʻl oldi. Ular Timnax uzumzorlariga yaqinlashganlarida, birdan Shimshoʻn oldidan bir sher chiqib qolib, oʻkirganicha unga tashlanmoqchi boʻldi. 6 Oʻsha zahoti Egamizning Ruhi Shimshoʻnni qamrab olib, kuchini oshirdi. Shimshoʻn sherni, xuddi uloqchani parchalaganday, qoʻllari bilan osongina ikkiga boʻlib tashladi. Ammo boʻlib oʻtgan voqea haqida ota–onasiga ogʻiz ham ochmadi.
7 Soʻng Shimshoʻn qizning oldiga borib, u bilan gaplashdi, qiz Shimshoʻnga nihoyatda xush keldi. 8 Koʻp oʻtmay Shimshoʻn qizga uylanmoqchi boʻlib, Timnaxga qaytib bordi. Yoʻl–yoʻlakay sherning oʻligini koʻrib ketay deb, oʻsha tomon yoʻl soldi. Qarasa, sherning murdasida asalarining uyasi bilan asal bor ekan. 9 U bir hovuch asal olib, yoʻl–yoʻlakay yeb ketdi. Ota–onasining oldiga kelganda, ularga ham yeb koʻrgani berdi, lekin asalni sherning murdasidan olganini aytmadi .
10 Shimshoʻnning otasi kelinini koʻrmoqchi boʻlib, qudasining uyiga kirdi. Shimshoʻn oʻsha yerda toʻy munosabati bilan katta bir ziyofat berdi. Oʻsha vaqtdagi urf–odatlar boʻyicha, kuyovlar katta ziyofatlar berishardi. 11 Shimshoʻn ziyofat berish uchun Timnaxga borganda, Filistlar uning oldiga kuyov navkar qilib, oʻttizta yigitni yubordilar. 12 Shimshoʻn ularga:
— Kelinglar, sizlarga bir topishmoq aytayin, — dedi. — Agar uni topib, ziyofatning yetti kuni ichida menga tushuntirib bersangizlar, har biringizga bittadan kimxob toʻn va bir sidradan kiyim–bosh beraman. 13 Bordi–yu, topishmogʻimni topolmasangizlar, sizlar menga oʻttizta kimxob toʻn bilan oʻttiz sidra kiyim–bosh berasizlar.
Shunda ular:
— Qani, topishmogʻingni ayt, uni eshitaylik–chi, — deyishdi.
14 Shimshoʻn topishmogʻini aytdi:
“Xoʻrandaning ichidan xoʻrak chiqdi,
Kuchlining ichidan shirinlik chiqdi.”
Oradan uch kun oʻtdi, ammo Filist yigitlari topishmoqni topolmadilar. 15 Oxiri, yettinchi kuni Shimshoʻnning qayligʻiga doʻq qilib: “Sizlar bizni shilmoqchi boʻlib bu yerga taklif qilganmidingizlar?! — dedilar. — Boʻl, eringni aldab–suldab topishmoqning maʼnosini bizga bilib ber, boʻlmasa seni ham, otangning xonadonini ham yondirib yuboramiz.” 16 Shunda kelinchak Shimshoʻnning oldiga borib rosa yigʻladi.
— Sen meni yomon koʻrar ekansan! — deya xarxasha qildi u. — Meni zarracha boʻlsa ham yaxshi koʻrganingda edi, topishmoqning javobini allaqachon aytgan boʻlar eding.
— Menga qara, — dedi unga Shimshoʻn. — Buni ota–onamga ham aytmagan boʻlsam, nega senga aytar ekanman?!
17 Ziyofat yetti kun davom etgan boʻlsa, oʻsha yetti kun davomida kelin unga xiralik qilib yigʻlayverdi. Yettinchi kuni Shimshoʻnning yuragini shu qadar ezib yubordiki, u toqat qila olmay topishmoqning javobini aytib berdi. Qiz javobni darhol Filist yigitlariga yetkazdi. 18 Oʻsha kuni qosh qoraymasdan oldin yigitlar Shimshoʻnning oldiga kelib, topishmoqning javobini aytdilar:
“Asaldan shirin nima bor?!
Sherdan kuchli nima bor?!”
Shimshoʻn: “Agar gʻunajinimni ishga solmaganlaringda, topishmogʻimni topolmas edilaring”, — dedi.
19 Soʻng Egamizning Ruhi Shimshoʻnni qamrab olib, uning kuchini yanada oshirdi. Shimshoʻn Ashqalon shahriga ketdi. U yerda oʻttiz nafar Ashqalonlik odamni oʻldirib, kiyim–boshlarini yechib oldi. Oʻsha kiyim–boshlarni topishmoqning javobini aytganlarga berdi–yu, jahl ustida otasining uyiga qaytib ketdi. 20 Kelinning otasi esa qizini Shimshoʻnning kuyov joʻrasiga uzatib yubordi.