64–BOB
1 Ey Egam, qaniydi samolarni yorib, pastga tushsang,
Togʻlar oldingda titrasa!
2 Alanga oʻtinni yondirib, suvni qaynatganday,
Sen ham pastga tushib, xalqlarni titrat.
Toki gʻanimlaring nomingni bilsin.
3 Biz kutmagan ajoyib ishlar qilding!
Pastga tushding, oldingda togʻlar titradi!
4 Axir, Senga umid bogʻlaganlarni deb,
Ajoyib ish qiladigan Xudo Sensan.
Senga oʻxshagan xudo haqida
Azaldan hech kim eshitmagan,
Hech bir quloqqa ham kirmagan.
Senga oʻxshagan xudoni hech bir koʻz koʻrmagan.
5 Quvonch bilan toʻgʻri yoʻldan yurganlarga,
Sening amrlaringni bajarganlarga
Sen peshvoz chiqasan.
Mana, Sen gʻazabdasan,
Biz esa gunoh qildik.
Biz azaldan gunohga botganmiz,
Endi najot topa olamizmi?
6 Hammamiz harom boʻlib qoldik,
Yaxshi ishlarimizning hammasi hayz lattalari kabidir.
Yaproqlar kabi soʻlib boryapmiz,
Ayblarimiz shamol kabi, bizni uchirib ketyapti.
7 Hech kim Senga sajda qilmaydi,
Hech kim, Egamga oʻzimni bogʻlay, demaydi.
Axir, Sen bizdan yuz oʻgirding,
Bizni oʻz gunohlarimiz izmiga topshirding!
8 Ammo endi Sen bizning otamizsan, ey Egamiz!
Biz loymiz, Sen esa kulolsan,
Hammamiz qoʻllaringning ijodimiz!
9 Ey Egamiz, bizga bunchalik gʻazabingni sochaverma,
Gunohlarimizni to abad yodda tutma.
Qara, axir, hammamiz Sening xalqingmiz!
10 Muqaddas shaharlaring sahroga aylandi,
Quddus vayrona boʻldi,
Sion choʻlu biyobon boʻlib qoldi.
11 Bizning muqaddas Maʼbadimiz, faxrimiz,
Ota–bobolarimiz Senga madhlar kuylagan joy
Endi yonib bitdi.
Bizga qadrli boʻlganlarning hammasi
Vayronaga aylandi.
12 Ey Egam! Nahot shunda ham Oʻzingni tutib turaversang?!
Sukut saqlab, bizni qattiq jazolayversang?!