59–BOB
Ishayo xalqning gunohlarini hukm qiladi
1 Nima, Egamizning qoʻli qisqami? Qutqarolmasa!
Qulogʻi ogʻirmi? Eshitmay qolsa!
2 Axir, oʻz ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi,
Gunohlaringiz tufayli U sizdan yuz oʻgirdi,
Ibodatlaringizga quloq solmaydi.
3 Ana, qoʻllaringiz qonga bulgʻangan,
Barmoqlaringiz gunohga botgan,
Ogʻzingizdan yolgʻon chiqaveradi,
Tilingiz haqsizlikni gapiradi.
4 Hech kimsa, adolat boʻlsin, deb aytmaydi,
Hech kimsa haqiqat uchun kurashmaydi.
Behuda gaplardan umid qilib, yolgʻonlar aytadi,
Buzuqlikka homilador boʻlib, yovuzlik tugʻadi.
5 Sizlar ilonning tuxumini bosib oʻtirasiz,
Oʻrgimchak uyasini toʻqiysiz.
Bunday tuxumni yeganlar oʻladi.
Agar bitta tuxum ezilsa,
Undan zaharli ilon oʻrmalab chiqadi.
6 Toʻqigan uyangizdan kiyim chiqmaydi,
Siz toʻqiganlar bilan hech kim ustini yopa olmaydi.
Sizlarning ishingiz yaramas ishlardir,
Sizlarning qoʻllaringiz zoʻravonlikka toʻla.
7 Fosiqlarning oyogʻi yomonlikka shoshiladi,
Ular behuda qon toʻkishga juda usta.
Ularning fikri–zikri gunoh bilan band,
Qadamidan halokatu vayrona keladi.
8 Ular tinchlik yoʻllarini bilmaydi,
Yurgan yoʻlida adolat yoʻq.
Oʻzlariga egri yoʻllar qildilar,
Bu yoʻldan yurganlar tinchlik bilmaydi.
Xalq gunohlarini tan oladi
9 Shu bois adolat bizdan uzoq,
Xudo bizni qutqarmaydi.
Nur izlaymiz, ammo faqatgina zulmat bor,
Yorugʻlik izlaymiz, ammo zulmatda yuramiz.
10 Koʻrlarday devorni ushlab yuramiz,
Koʻzi koʻrmaydiganlarday paypaslanamiz.
Kuppa–kunduzi tundagiday qoqilamiz,
Tiriklar orasida oʻliklardaymiz.
11 Hammamiz ayiq kabi boʻkiryapmiz,
Hammamiz musicha kabi nola qilyapmiz.
Adolat kutyapmiz, ammo u yoʻqdir,
Najot kutyapmiz, ammo u bizdan uzoqda.
12 Ha, Xudo oldida koʻp itoatsizlik qildik,
Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik berib turibdi.
Itoatsizligimiz koʻz oʻngimizda,
Ayblarimizni oʻzimiz bilamiz.
13 Itoatsizlik qildik, Egamizni aldadik,
Xudoyimizdan yuz oʻgirdik,
Zulm qoʻzgʻadik, xiyonat qildik,
Yurakda yolgʻon gaplar toʻqib gapirdik.
14 Adolat chekindi, solihlik uzoqqa ketdi.
Axir, haqiqat quvib chiqarildi,
Haqqoniylikka aslo oʻrin qolmadi.
15 Hech qayerda haqiqat yoʻq,
Oʻzini yomonlikdan olib qochgan odam
Halokatga yoʻliqdi.
Egamiz bularni koʻrib,
Adolat yoʻqligidan ozor chekdi.
16 Mazlumlarga yordam beradigan
Hech kimsa yoʻqligini koʻrdi,
Hech kim yoʻqligidan U hayratda qoldi.
Shunda Egamiz Oʻz qoʻli bilan qutqarishga kirishdi,
Xudoning Oʻzi ularga najot berdi.
17 U adolatni sovutday kiyib oldi,
Najot dubulgʻasini boshiga kiydi,
Egamiz qasosni libosday kiyib oldi,
Rashkni chopon qilib oʻrab oldi.
18 Har kimga qilganiga yarasha javob beradi,
Oʻz dushmanlariga gʻazab sochadi,
Gʻanimlaridan qasos oladi,
Dengiz ortidagi yurtlarga
Qilganlariga yarasha toʻliq qaytaradi.
19 Gʻarbda Egamizning nomidan qoʻrqadilar,
Sharqda Uning shuhratidan qoʻrquvga tushadilar.
Mana, Egamiz daryoday keladi.
Oʻzining Ruhi daʼvat etayotgan
Kuchli daryoday keladi.
20 Egamiz shunday aytmoqda:
“Qutqaruvchi Quddusga keladi,
Yoqub naslining gunohdan qaytganlariga keladi.”
21 Egamiz shunday deydi: “Siz bilan qiladigan ahdim shudir: sizga bergan Ruhim, ogʻzingizga solgan soʻzlarim sizlarni tark etmaydi. Hozirdan boshlab, to abad sizlarni, bolalaringizni va nabiralaringizni hech qachon tark etmaydi.”