53–BOB
1 Bizning xabarimizga kim ishondi?
Egamizning qudratli kuchi kimga ayon boʻldi?
2 Egamizning quli Egamiz oldida yangi koʻchatday,
Quruq tuproqdagi ildizday oʻsdi.
Bizni oʻziga jalb qiladigan
Goʻzallik, ulugʻvorlik unda yoʻq edi.
Bizni oʻziga rom etadigan
Hech bir jozibasi yoʻq edi.
3 Odamlar undan nafratlandilar, uni rad etdilar.
U qaygʻu, azob–uqubat nimaligini bilardi.
Hamma undan yuz oʻgirdi, undan hazar qildi.
Biz uni odam qatorida sanamadik.
4 Ha, dardlarimizni u oʻziga oldi,
Ogʻriqlarimizni u oʻz zimmasiga oldi.
Biz esa oʻyladik: “Uni Xudo urgan,
Alamdiyda, jabrlangan u!”
5 U esa bizning gunohlarimizni deb yarador boʻldi,
Bizning ayblarimiz tufayli ezildi.
Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi,
Uning yaralari bizga shifo berdi.
6 Hammamiz qoʻylarday yoʻldan adashdik,
Hammamiz oʻz yoʻlimizdan ketdik.
Hammamizning ayblarimizni
Egamiz uning zimmasiga yukladi.

7 U jabr koʻrdi, oʻzi uqubat chekdi,
Ammo miq etmadi, ogʻzini ochmadi.
Boʻgʻizlanishga olib borilgan qoʻziday,
Jun qirquvchi oldida jim turgan qoʻyday
U miq etmadi, ogʻzini ochmadi.
8 Hukm bilan, kuch bilan olib ketildi.
Uning nasli haqida kim oʻylaydi?
Tiriklar yurtidan u uloqtirildi,
Xalqimizning gunohi tufayli unga zarba tushdi.
9 Garchi u yovuzlik qilmagan boʻlsa ham,
Ogʻzidan yolgʻon soʻz chiqmagan boʻlsa ham,
Unga yovuzlar qatori qabr berilgandi,
Ammo oʻlganda u boylar yoniga qoʻyildi.

10 Egamiz Oʻz qulini ezishni, azoblashni maʼqul koʻrdi.
Shunday boʻlsa ham, Egamizning quli oʻz naslini koʻradi,
Uzoq umr kechiradi,
Chunki u oʻzini gunoh uchun nazr qildi.
U orqali Egamizning xohishi bajo boʻladi.
11 Chekkan azoblarining natijasini koʻrib ,
U mamnun boʻladi.
Mening solih qulim oʻz bilimi tufayli
Koʻpchilikni oqlab, ularning aybini oʻziga oladi.
12 Shu bois buyuklar qatorida unga ulush beraman ,
U kuchlilar bilan oʻljalarni boʻlishadi.
Axir, u oʻzini oʻlimga tutib berdi,
Gunohkorlar qatorida sanaldi.
Koʻplarning gunohini u oʻziga oldi,
Gunohkorlar uchun vasiylik qildi.